MADANIYaT SOHASINI RIVOJLANTIRIŞ DAVLAT TOMONIDAN QÖLLAB-QUVVATLANDI
Şu yil 20-yanvarda Prezidentimiz tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat taşkilotlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Uşbu Qonun tom maʼnoda madaniyat sohasi uçun tarixiy hujjat bölib, sohada köp ijobiy özgarişlar qilinişiga asos böla oladi.
Qonun bilan madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini röyobga çiqarişni amalga oşiruvçi organlarning vakolatlari belgilandi. Taʼkidlaş joizki, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, madaniyat va sanʼat muassasalari, ijodiy uyuşma va birlaşmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilişga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagani turli eʼtirozlarga sabab bölayotgandi. Bunga javoban mazkur Qonun sohadagi huquqiy böşliqni töldirişga xizmat qiladi.
Endilikda har bir şaxs madaniy faoliyat sohasida mulk huquqiga ega. Mulk huquqi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki özgaça madaniy qimmatga ega bölgan aşyolarga, şuningdek, moddiy madaniy meros obʼektlariga nisbatan tatbiq etilişi mumkin. Madaniyat taşkilotlari madaniy faoliyatning turlariga qarab, madaniy-tomoşa, madaniy-maʼrifiy, boşqa madaniyat toifalariga bölinişi mumkin. Şuningdek, mazkur Qonunga madaniyat sohasidagi asosiy huquq va majburiyatlar, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlik, teatr, tsirk, madaniyat markazlarining faoliyatiga doir va boşqa bir qator sohaga oid masalalar aks etgan moddalar kiritildi.
Aholining maʼnaviy-estetik ehtiyojlarini qondira oliş uçun qulay şaroit yaratiş, xususan, madaniy tadbir ötkaziş, ijodkorlarni va ijodiy faoliyatni qöllab-quvvatlaş va şu kabilar aynan madaniyat taşkilotlarining vazifasidir. Uşbu Qonun madaniy faoliyat, şuningdek, madaniyat taşkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qiladi.
Ş.Yusupov,
tuman Madaniyat bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶