OÇIQ DARS ÖTKAZILDI
Şu yilning 17-fevralida Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan Qangli madaniyat markazining rubob tögaragida oçiq dars ötkazildi.
Oçiq darsda markazdagi 12 ta tögaraklar aʼzolari, rahbarlaridan taşqari tuman Madaniyat bölimi va mavjud madaniyat markazlari xodimlari iştirok etdilar.
Oçiq darsni tögarak rahbari Olimboy Eşimbetov 14 nafar aʼzolariga ötdi.

Ustoz avvalo şogirdlariga şu kungi maşğulot mavzusini, örganiladigan kuy haqida, qadimiy çolğu asboblaridan biri bölmiş rubobning bu kuyni ijro etişdagi imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berdi.
Albatta, olingan nazariy bilimlar asosida ado etilgan amaliy maşğulotlar barça tinglovçilarga manzur böldi. Şuningdek, çolğu asbobini mohirlik bilan çaliş uçun avvalo ijroçi şu kuyning mazmun-mohiyatini çuqur anglamoği, ohangini könglidan his qila olmoği lozim. Bunday könikmalar yoş sanʼat şaydolari köngliga maşğulotlar davomida singdiriladi.
Tadbirda iştirok etgan hamkasblari Olimboy Eşimbetovning oçiq darsiga yuqori baho berdilar.

Nasiba EŞÇONOVA,
tuman Madaniyat bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶