XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 27-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT
2021-yil 23-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining 27-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya majlisiga sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiyani tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochib berdi va olib bordi. Sessiya kun tartibiga – 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta asosiy yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturi ijrosini tashkil etish toʻgʻrisi”dagi masala havola etildi.

Shuningdek, “2020-yil davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining hisoboti toʻgʻrisida”gi, “Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida 2020-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining hisoboti haqida”gi, “Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2020-yildagi ijrosi toʻgʻrisida”gi, “Mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi, “Yer ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini koʻrib chiquvchi doimiy komissiya qarorini koʻrib chiqish haqida”gi masalalar ham koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi.
Kun tartibidagi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi ijrosini tashkil etish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetovning axboroti tinglandi.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala, yaʼni 2020-yil davomidagi jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori Javlonbek Muftullayevning axboroti tinglandi. Shuningdek, “Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida 2020-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov axborot berdi. Amudaryo tumani mahalliy byudjetning 2020-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti ham tinglandi.
Sessiyada davomida kun tartibiga kiritilgan “Mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovning va “Yer ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini koʻrib chiquvchi doimiy komissiya qarorini koʻrib chiqish haqida”gi masala yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayevlarning axborotlari ham tinglandi.
Sessiya kun tartibida koʻrilgan masalalar deputatlari tomonidan qizgʻin muhokama etildi. Muhokamalarda 2-Chordara saylov okrugidan deputat Muyassar Rahmatullayeva, tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi Muqaddas Beknazarova, deputat Bahromboy Qodirov, tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi Ilhom Polvonovlar ishtirok etib, koʻrilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi ijrosini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, dastur ijrosi yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash va ijrosi boʻyicha deputatlik nazoratini tashkil etish hamda tuman Kengashi ish rejasiga muvofiq fevral oyiga moʻljallangan masalalar ham muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
R. Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶