IKKI ASR YuZINI KOʻRGAN MOMO
Choykoʻl ovulida yashovchi Xadicha momo Bekanova ikki asr yuzini koʻrgan tabarruk onaxon hisoblanadi. Oʻtgan asrda, 1917-yilning boshida tavallud topgan momoning butun hayoti tuman qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq zalvorli mehnat onlarida kechdi. Sobiq ittifoq davridagi, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi ogʻir mehnatda, goh dalada, goh temir yoʻl qurilishida, tumanimiz hududidagi Bosu, Kenja yop, Eshon yop kabi kanallarni qazishda erkaklar bilan bir safda mehnat qilib kechirgan fidoyi umri bugungi yoshlar uchun ertakday.
Ayni kunlarda umrining 105-bahorini qarshilayotgan onaxon hamon tetik, bardam-baquvvat, xotirasi tiniq. Bugungi tinch, dorilomon kunlarga shukronasi koʻp.
Suratda: Xadicha momo Bekanova Choykoʻl ovul
fuqarolar yigʻini xodimi Saylixon Murodboyeva bilan.
M.ShOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶