17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 05:07
Jamiyat 👁 260

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Mavzuga oid fotolavhalar

Insoniyat paydo boʻlibdiki, Ayolga – Onaga buyuk ehtirom koʻrsatish nainki anʼana, balki bashariyatning azaliy, qon-qoniga singib ketgan irsiyadirki, bu borada hech bir xalqda xatoga yoʻl qoʻyilmaydi – inson zoti borki, Ayolga Onaga tomon intilib yashayveradi. Bu intilishda ilohiy sehr bor, ilohiy sinoat bor.

Joriy yilning 5-mart sanasida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan tuman xotin-qizlarining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanasi marosimda ham tumanimizning, eʼzoz-u ehtiromga munosib ayol-qizlari sharaflandi.

Ayolni, muhtarama onalarini sharaflovchi sheʼrlar, dil soʻzlari bilan boshlangan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tabrik nutqi soʻzladi. U oʻz nutqida tumanimiz hayotining barcha jabhalarida fidoyilik namunalarini koʻrsatayotgan ayol-qizlarning nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olib, ularni goʻzallik va nafosat ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Kengashi raisi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov, partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi apparati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sharap Oʻtemesov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarovalar tumanimiz xotin-qizlarini Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularning oʻzlari mehnat qilayotgan sohalarda erishayotgan mehnat qilayotgan sohalarda erishayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etishib, sogʻlik, omonlik tiladilar.

Tantanali bayram tadbirida tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda sogʻlikni saqlash sohalarida mehnat qilayotgan faol ayol-qizlaridan bir guruhiga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

Mamlakatimizda aziz va moʻʼtabar ayol zotini ulugʻlash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Darhaqiqat, barcha sohalarda faol boʻlib, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik koʻrsatayotgan ayol-qizlarimizni har qancha sharaflasak ham kam.

Bahor goʻzalligi, Ayol va Ona, mehr-muhabbat tuygʻulari tarannum etilgan kontsert dasturi barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat bagʻishladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019