Yana 64 nafar uyushmagan yoshlarning har biriga 30 sotixdan yer maydonlari berildi
Joriy yilning 5-mart sanasida Qilichboy ovulidagi Yuqori qishloq mahallasida faoliyat yuritayotgan “Yakubboy Ashirov” fermer xoʻjaligida “Har bir yoshga 1 gektar” loyihasi doirasida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari hamda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hududida yashovchi 64 nafar uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.
Boʻlib oʻtgan seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov mamlakatimizda fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa xoʻjaligini yuritish boʻyicha oʻz faoliyati davomida qoʻllagan shaxsiy tajribalari, ilmiy asoslangan fikrlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, tomorqa xoʻjaligini yuritish, tomorqani moʻl-koʻl daromad manbaiga aylantirish orqali ishsizlikni bartaraf etish borasida yoshlarga tavsiyalar berdi.
Oʻz navbatida yoshlar yerdan oqilona foydalanish, bir yilda ikki-uch marta hosil yetishtirish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan foydalanish, ekinlarni oziqlantirish boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar. Seminar-trening davomida 35 nafar ishsiz yoshlarga sertifikatlar topshirilib, kitoblar sovgʻa qilindi.
Shu kunning oʻzida 64 nafar uyushmagan yoshlarning har biriga 30 sotixdan yer maydonlari ajratib berilib, ularga bahorgi ekish mavsumida birinchi navbatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maslahatlar ham berildi.
Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida Prezidentimizning tashabbusi qoʻllab-quvvatlanib, uyushmagan yoshlarga yerlar ajratib berilib, ularning bandligi taʼminlanmoqda. Shu maqsadda joriy yilning, 5-mart sanasigacha tumanimizdagi 2109 nafar uyushmagan yoshlarga 688,2 gektar yer maydonlari berildi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶