ONAJONLARGA
(Barça möʼtabar, fidoyi va jafokaş onaxonlarga bağişlayman)
Onalik – oliy baxt asli Ayolga,
Bu baxtga munosib yaşaş ham qiyin.
Baʼzan ğalat öylar kelar xayolga:
Ona böloldimmi, men onamdayin?
Onam! Uning jism-u joni toş edi,
Sabr-u qanoati gözal şunçalar.
Suyangani Alloh va bardoş edi,
Köksida gul oçgan mungli ğunçalar.
Dardli yurak bilan boqardi kulib,
Ğam-u anduhlarga bukilgan emas.
Azoblar zanjirin olardi yulib,
Nomardlar qoşida tökilgan emas...
Millat onasiga xosdir bu xislat,
Matonatga farzand yaşamoqlik ham.
Vatanni ulğaytgan uşbu fazilat,
Onalar feʼlida mangu mujassam!
Bundayin jasorat qayda bor, ayting?
Çingiziy şohlarga egilmagan dil.
Gar bilmoq bölsangiz moziyga qayting,
Zor qaqşab yotibdi ming bitta dalil.
Kiprigida asrab zurriyodlarin,
Asrdan-asrga eltgan onalar...
Qandoq unutamiz, oh, faryodlari,
Hamon yuraklarni ezib, timdalar.
Bosqinlar... Qatağon zahrini yutib,
Oriyat, şaʼn bölib yuksalgan Ona.
Ğanimlar öqiga köksini tutib,
Millat bolalarin asragan Ona!
Ana, gullab-yaşnab keladi Ayol,
Ona Yurt oldida yuzlari yoruğ.
Tangrim! Özing asra, körmasin zavol,
Ayol baxti bilan köngillar töluğ.
Öğlonlar östirgan Temuriyzoda,
Biri uluğ hoqon, birlari olim.
Qizlari Oybarçin, Şirin, Xonzoda,
Hadis-u Qurʼonda dono muallim.
Onajonim mening! O, fidoyi jon –
Hoksorligi bilan buyuklangan zot.
Bir yuz öttiz olti millatga makon –
Özbekiston bölib gullagan hayot!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶