LEYŞMANIOZ KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?
Leyşmanioz – odamlarda va hayvonlarda uçraydigan (transmissiv protozoy) kasallik bölib, qözğatuvçisi sodda turga mansub bir hujayrali organizm hisoblanadi va iskabtopar çivinlar çaqişi yöli bilan yuqadi. Insonda isitmalaş, içki aʼzolar yoki teri töqimalarining şikastlanişi bilan namoyon böladi. Kasallik ikki turga bölinadi. Birinçisi vestseral leyşmanioz közğatuvçilari – jigar, taloq, limfa tugunlarida rivojlanib asta-sekin odam organizmining zaharlanişiga olib keladi.
Bu kasallik bilan asosan 1 yoşdan 5 yoşgaça bölgan bolalar kasallanadi. Kasallik manbai asosan itlar, böri, tulki va boşqalar bölişi mumkin. Bunda tana harorati 39-40 darajaga kötarilişi bilan boşlanib, surunkali keçadi, ayrim hollarda kasallik asta-sekinlik bilan boşlanib, umumiy holsizlik, terining rangsizlanişi, toşmalarning paydo bölişi bilan xarakterlanadi. Kasallikning birinçi alomatlari boşlanganda şifokorga zudlik bilan murojaat qiliş kerak, çunki kasallikning natijasi öz vaqtida töğri ötkazilgan davolaşga boğliq.
Ikkinçi turi – teri leyşmaniozidir. Terida çivin çaqqandan keyin inson tanasidagi inkubatsion davr asosan 1-4 haftagaça, baʼzan 1,5-2 oygaça davom etadi va yara paydo bölib, qiçişiş bilan boşlanadi. Terida bir umrlik çandiq qolişiga sabab böladi. Kasallikning bu turi bilan barça yoşdagilar kasallanişi mumkin. Kasallikdan söng, mustahkam immunitet paydo bölib, bir umrga saqlanadi. Juda kam holatlarda kaytalanişi mumkin. Kasallik asosan yozning oxiri, kuz oylarida kuzatiladi.
Iskabtopar çivinlardan zararlanmaslik uçun keçkurunlari yarani boğlab qöyiş lozim, çunki kasallik odamdan-odamga iskabtoparlarning çaqişi orqali yuqadi. Şu bilan birga daydi itlarga qarşi kuraş olib boriş lozim böladi. Iskabtoparlar köpayişiga qarşi olib boradigan çora-tadbirlardan asosiysi – bu aholi punktlari hamda xonadonlarda obodonlaştiriş işlarini olib borişdir. Ana şunda uşbu kasallikka çaliniş keskin kamayişiga erişiladi.
N.MADIYaROVA, I.XOLMURODOVA,
tuman SEOJSB vraç-entomolog şifokorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶