FUQAROLAR YIGʻINLARI XODIMLARI IShTIROKIDA AMALIY PSIXOLOGIK-TRENING OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi Farmoni hamda tegishli Qarorida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy-psixologik holatini oʻrganish va mehnat jamoalarida muhitning yomonlashuviga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida koʻrsatilib oʻtilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bundan buyon barcha davlat tashkilotlari oʻz faoliyatini “mahallabay” tarzda amalga oshirishi lozimligi belgilangan edi.
Mazkur Farmon va Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialida psixologik targʻibot guruhi shakllantirildi hamda joriy yilning mart oyi ish rejasiga muvofiq Respublikamiz hududlaridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun psixologik guruh mutaxassislari ishtirokida amaliy psixologik-treninglar tashkil etilmoqda.
Shunday treninglarning navbatdagisi 18-mart kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida tumanimizdagi Xitoy ovuli va Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinlari xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Amaliy psixologik-treningda psixologik guruh aʼzosi, psixologiya fanlari buyicha falsafa doktori (Phd) Elmira Nurimbetova hamda shuningdek, psixolog-mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan mashqlar orqali ishtirokchilarda muammoli vaziyatlar natijasida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatlarni bartaraf etish yoʻllari bilan tanishtirildi.
Psixologiya fanlari buyicha falsafa doktori Elmira Nurimbetova mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun murakkab nizoli vaziyatlardan qochish, ongli qaror qabul qilish qobiliyatini va koʻnikmalarini rivojlantirish, muloqotda oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga intilishni rivojlantirish, jismoniy va hissiy zoʻriqishni kamaytirish, guruhda ishlash kayfiyatini yaratish kabi tajriba va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar, ochiq muloqot shaklidagi suhbatlar ham tashkil etdi.
Boʻlib oʻtgan amaliy psixologik-trening mashgʻulotlarida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, oilaviy nizolar tufayli stress holatiga tushib qolgan insonlar bilan muloqot madaniyatini yoʻlga qoʻyish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillarining tushkun kayfiyatdan xalos boʻlishlariga koʻmaklashishi, ular bilan dildan, samimiy suhbat oʻtkazish borasidagi savollarga psixolog-mutaxassislar batafsil javob berdilar.
Mazkur psixologik-trening jarayonida qoʻllanilgan usullardan foydalangan holda ishtirokchilar kelgusida oʻz faoliyatlarini tartibga solishlari, samarali nutq va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishlari koʻzda tutilgan.
Bu kabi psixologik seminar-treninglar respublikamizning ijtimoiy-maʼnaviy jihatdan ogʻir hududga kiruvchi barcha ovul va mahallalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Robiya Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶