JAHON SIL KASALLIGIGA QARŞI KURAŞIŞ KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Şu yil 24-mart kuni Manğit şahri markazidagi Istirohat boğida Jahon sil kasalligiga qarşi kuraş kuni munosabati bilan katta tadbir ötkazildi. tadbirda iştirok etgan Tibbiyot birlaşmasi xodimlaritomonidan sil kasalligining yuqiş yöllari va uning profilaktikasi, jismoniy faollik, soğlom ovqatlaniş kabilar töğrisida keng tuşunçalar berildi. Şuningdek, Salomatlik markazi şifokorlari J.Yavkaşev, T.Saidovalar sil kasalligiga qarşi kuraşiş, uning oldini oliş borasida Respublikamizda, tumanimizda olib borilayotgan keng kölamli profilaktik çora-tadbirlar töğrisida söz yuritdilar. Sil kasalligiga qarşi kuraş kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda tuman Köp tarmoqli markaziy poliklinkasining ftiziatriya bölimi mudirasi G.Abdullayeva, Tibbiyot birlaşma sport tarğibotçisi, Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi ijroçi direktori I.Nurimbetovlar ham uşbu kasallikka çalinganlarni davolaş uçun yaratilgan imkoniyatlar xususida gapirdilar.
Tadbir davomida fuqarolar yiğinlari maʼsullari, faollari iştirokida soat 10.30 dan 12.00 gaça “Assalom tong” nafas gimnastikasi maşqlarini bajariş va 5 kilometrga faol yuriş ommaviy tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgani, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati töğrisida batafsil maʼlumot berildi. Söngra nafas gimnastikasi va 5 kilometr masofaga faol yuriş maşqi boşlandi.
Tadbir iştirok etgan fuqarolar öz soğligiga eʼtiborli böliş, şuningdek, sil kasalligi, undan saqlaniş yöllari töğrisida töliq tuşunçaga ega böldilar.
J. Yavkaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi ASTTQQ va JFO bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶