“IT WOMEN UZ” LOYIHASI BOʻYIChA OʻQUV KURSINI TAMOMLAGAN AYoL-QIZLARGA SERTIFIKATLAR TOPShIRILDI
IT Center Amudaryo tuman filialida “IT Women Uz” loyihasi boʻyicha «Ayollar daftari»da roʻyxatda turgan 15 nafar ayol-qizlar 36 soat davomida kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻquv kursida tahsil oldilar. Oʻquv kursida ayol-qizlarga operatsion tizim, ofis ilovalari boʻyicha boshlangʻich bilimlar berildi.
IT PARK tomonidan tashkil qilingan “IT Women Uz” loyihasi asosida xotin-qizlarni kompyuter savodxonligiga oʻqitish boʻyicha kurslar yakuniga yetganidan soʻng, ularga sertifikatlar taqdim etildi.
Bu loyihada ishtirok etgan xotin-qizlarga sertifikat va esdalik sovgʻalar IT PARK rahbariyati hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova tomonidan topshirildi.

Zohid Chorshamov, oʻquv markazi menejeri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶