14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:50
Siyosat 👁 207

KORRUPTsIYaGA QARShI KURASh – XALQARO DARAJADAGI MASALA

KORRUPTsIYaGA QARShI KURASh – XALQARO DARAJADAGI MASALA

Korruptsiya deyarli dunyoning barcha davlatlari uchun katta muammo tugʻdirayotgan huquqbuzarlik turi, umuminsoniy xalqaro darajada tarqalgan illatdir.

Korruptsiyaga qarshi koʻrash xalqaro miqyosga koʻtarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat islohotlar yoʻliga, oʻtish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga jiddiy va bevosita toʻsiq boʻlishi barchaga maʼlum.

Xalqaro miqyosda oʻtgan davr mobaynida korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMT kengashi)ning Korruptsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konventsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini oʻtamoqda.

Bu boradagi asosiy xalqaro huquqiy hujjatlardan biri BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi konventsiya boʻlib ushbu hujjat 2003-yil 31-oktyabr sanasida qabul qilingan. Mazkur Konventsiya korruptsiya jinoyatining tavsifini toʻliq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi.

Ushbu konventsiyaga muvofiq ishtirokchi davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida doimiy maxsus Konferentsiya taʼsis etilgan, BMTning narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi uning kotibiyati etib belgilangan.

Barcha mamlakatlar ushbu illatga qarshi xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan boʻlsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning oʻzida samarali olib borilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston bu borada muhim qadamlarni tashlagan. Xususan, 1997-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri deb eʼtirof etilgan. Davlatimiz 2008-yil 7-iyulda BMTning yuqoridagi Konventsiyasiga qoʻshilgan.

Oʻzbekiston 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurashning Istambul rejasiga ham qoʻshilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi bitim 2011-yil 13-dekabrda ratifikatsiya qilingan.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qildi.

Mamlakatimizda bosqichma-bosqich, korruptsiyaning salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda ushbu illatga qarshi kurashish, uning profilaktikasi boʻyicha milliy qonunchilik takomillashtirilib, bu boradagi xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtirilib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshishiga zamin yaratuvchi va korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan, Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni shulardan jumlasidandir. Mazkur qonun 34 moddadan iborat boʻlib, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlatimizda amalga oshirilayotgan bunday say-harakatlarning barchasidan kutilayotgan pirovard natija bu – jamiyatda adolatsizlikka barham berishdir.

Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019