“UMID NIHOLLARI” SPORT MUSOBAQASIDA YeNGIL ATLETIKA BOʻYIChA GʻOLIBLAR ANIQLANDI
“Umid nihollari” sport musobaqasining II tuman bosqichida tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablaridan sportchi oʻquvchilar qatnashdilar. Musobaqalar 8 ta hududda oʻtkazildi. Final bosqich musobaqalari tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida boʻlib oʻtdi. Ushbu bosqichda sportning yengil atletika turidan 1-11-sinf oʻquvchilaridan jami 336 nafar oʻquvchilar, shundan 168 nafar qizlar qatnashdilar.

Sportning yengil atletikaning 30 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, tennis toʻpini nishonga otish, 100 metrga yugurish, 200 metrga yugurish, 400 metrga yugurish, 800 metrga yugurish, 3000(1500) metrga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash kabi turlari boʻyicha yosh sprotchilar kuch sinashdilar.
“Umid nihollari” sport musobaqalarining tuman bosqichida yengil atletika boʻyicha gʻolib boʻlgan sportchi oʻquvchilar Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Amudaryo tumani hududiy boʻlinmasi tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.


Z. Eshniyozov, musobaqa bosh hakami.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶