Amudaryo tumanida joylashgan “Jumurtov ponton koʻprigi”dagi holat boʻyicha rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda “Pullik koʻprikdan odamlar norozi” mavzusida xabar tarqatildi. Xabarda bir guruh fuqarolar Amudaryo tumanidagi Jumurtov ponton koʻprigidan oʻtish pullik ekanligidan noroziligini bayon qilgan.
Ushbu murojaat boʻyicha shuni maʼlum qilamizki, Amudaryo tumanida daryo ustidan oʻtuvchi 2 ta ponton koʻprik mavjud boʻlib, birinchisi davlat idorasi boʻlgan “Amudaryo yoʻllardan foydalanish” UKga tegishli “Qipchoq ponton koʻprigi” hisoblanadi. Ushbu koʻprikni taʼmirlash-saqlash xarajatlari, ishchilarga beriladigan oylik maoshlari va boshqa xarajatlari davlat tomonidan moliyalashtirilishi sababli bu koʻprik orqali qatnovlar bepul hisoblanadi.
Ikkinchi koʻprik – xususiy tadbirkorga tegishli boʻlgan “Jumurtov ponton koʻprigi”dir.
Mazkur koʻprik Jumurtov shaharchasi hududida faoliyat yurituvchi “Jumurtov ponton koʻprigi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli boʻlib, koʻprikni taʼmirlash-saqlash xarajatlari, ishchilarga beriladigan oylik maoshlari va boshqa xarajatlari tadbirkor tomonidan moliyalashtirilishi sababli bu koʻprik orqali qatnovlar pullik hisoblanadi.
Mazkur ponton koʻprik tadbirkor tomonidan 2001-yilda oʻrnatilib, oʻz faoliyatini boshlagan. Mazkur koʻprikda bugungi kunda 2 smenada 10 nafar ishchi-xodimlar ishlab kelmoqda. Umumiy uzunligi 290 metrni, eni 12 metrni, yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnani tashkil qiladi.
Koʻprikdan foydalangan yoʻlovchi va avtotransport vositalaridan MChJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida xizmat haqi olinmoqda hamda tegishli tartibda chek berilib, pullari bankka kirim qilinmoqda.
Shuningdek, qonunda koʻrsatilgan tartibda alohida shaxslarga imtiyozlar berilgan boʻlib, favqulodda vaziyatlarda xizmat koʻrsatuvchi avtotransport vositalaridan xizmat haqi olinmaydi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶