SOĞLOM TURMUŞ TARZI – KELAJAK POYDEVORI
Soğlom turmuş tarzi bugungi kunda juda keng tarqalgan tuşunça bölib, u asosan har bir inson tomonidan öziga xos tarzda talqin etiladi. Bunday turmuş tarziga asosan soğlom ovqatlaniş, yomon odatlardan voz keçiş, kun rejimiga rioya qiliş kabilar kiradi.
Xizr eli mahallasida joylaşgan 46-son umumtaʼlim maktabida ham coğlom turmuş tarzi platformasiga amal qilingan holda tadbirlar taşkil qilindi. Maktab pedagogik jamoasi va öquvçi-qizlar “Soğlom turmuş uçun 5000 qadam” yuriş marafonida qatnaşişdi.
Şundan söng, 10-11-sinflar öquvçi-qizlari bilan ötkazilgan soğlom ovqatlaniş mavzusidagi trening-maşğulotlari ötkazildi. Maşğulot davomida öquvçilarga soğlom kun tartibini töğri taşkil qiliş, soğlom ovqatlaniş haqida tuşunça berildi. Öquvçilarga soğlom ovqatlanişda ovqat faqat tabiiy bölişi va tarkibida barça kerakli makro va mikro elementlar, vitaminlar bölişi kerakligi aytib ötildi.
Töğri ovqatlaniş tizimi tanamiz uçun zararli bölgan har qanday ovqatdan voz keçişni anglatadi. Bunday yeguliklar qatoriga tarkibida zararli kimyoviy qöşimçalar mavjud bölgan yarim tayyor, tuzli, yoğli mahsulotlar, turli ziravorlar, qovurilgan va dudlangan ovqatlar va gazlangan içimliklar kiradi. Şundan söng, maşğulot qiziqarli intellektual öyinlar davom ettirildi. Maşğulotlar davomida yoşlar töğri kun tartibiga rioya qiliş, soğlom ovqatlaniş va jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullaniş kerakligiga tuşunib yetişdi.
Adolat Matkarimova, 46-sonli maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶