ĞÖZA QATOR ORALARI KULTIVATsIYa QILINMOQDA
Paxta – tumanimiz qişloq xöjaligi asosiy ekinlaridandir.
Joriy yilda 2021-yil hosili uçun 350 ta fermer xöjaliklari ekin dalalarining 15030 gektariga paxta ekiş rejalaştirildi va MÇJ şaklidagi “Amudaryotex” XJ paxtaçilik klasteri bilan fermer xöjaliklar hamda qişloq xöjaligi korxonalari örtasida paxta yetiştirib beriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari tuzildi. Jami paxta maydonlarining 3762 gektariga “S-47-27”, 9517 gektariga “Sulton”, 251 gektariga “Manğit-1” 1500 gektariga “Yangi” navini ekiş rejalaştirilgan.
Çigit ekiş mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli ötkaziş uçun 65 ta ekiş otryadlari tuzilib, uşbu otryadlarga 145 dona haydov, 385 dona çopiq, 220 dona transport traktorlari, 213 komplekt boronalar, 293 ta mola, 60 ta çizel, 211 ta çigit ekiş seyalkalar, 50 ta oddiy, 33 ta lazerli yer tekislagiçlar, 350 ta tirkamalar, 17 ta yoqilği taşiş agregatlari va har bir otyadga bir donadan xizmat körsatuvçi köçma taʼmirlaş ustaxonalari biriktirildi.
Tumanda 4-apreldan boşlab puxta tayyorgarliklar asosida çigit ekiş işlariga kirişildi.
Ayni kunlarda unib çiqqan ğöza niholariga dastlabki işlov beriş yaʼni kultivatsiya qiliş işlari boşlanib ketdi. Uşbu muhim agrotexnik tadbirni sifatli ötkaziş maqsadida 90 ta otyadlar tuzildi va ularga 365 ta kultivatorlar biriktirildi.
Har bir kultivator agregatidan unumli foydalangan holda tadbirni 10-12 kunda sifatli tamomlaş çoralari körildi. Xususan, mexanizatorlarning uzluksiz işlaşiga erişiş uçun dalalar boşlarida köçmali mexanizatorlar uylari taşkil etilib, ularda barça zarur şaroitlar yaratildi. Şuningdek, 365 nafar mexanizatorlarning iş haqlari har beş kunda hisob-kitob qilinib, rağbatlantirilmoqda.
Oq oltin ovulidagi “Polvonov Raxmon” fermer xöjaligiga Qahramon Polvonov rahbarlik qiladi.
Xöjalik aʼzolari qişloq xöjalik ekinlaridan möl hosil yetiştirişda öziga xos tajriba töplaşgan. Ular ğöza çigitini öz muddatlarida ekiş, unib çiqqan nihollarga dastlabki işlov beriş, ğöza parvarişi davridagi har bir agrotexnik tadbirning öz vaqtida, sifatli ötkazilişi kuzgi möl hosilga puxta zamin yaratişini yaxşi bilişadi.
Usta dehqonlar joriy yilgi çigit ekiş mavsumini 6-apreldan 12-aprelgaça sifatli ötkazişdi, 60 gektar yerga paxta ekişdi.
Hozirgi kunda unib çiqqan ğöza nihollarini birinçi kultivatsiyalaş işlarini ham boşlab yuborişdi.
Xöjalikda paxtadan taşqari 10 gektar buğdoy maydoni ham mavjud. Uşbu buğdoyzorlar qondirib suğorilib, oziqlantirilgani bois bir tekis rivojlanmoqda.
Bahorgi harakat – kuzgi barakat, deydi xalqimiz. Ha, bahorning har daqiqasidan unumli foydalanib, erta ekkan, ekiniga ğamxörlik qilgan dehqon yutqazmaydi. Yaratilajak hosil xalqimiz turmuşi obod, dasturxoni tökin bölişiga xizmat qiladi, albatta.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶