SENATNING ÖN TÖRTINÇI YaLPI MAJLISIDA KÖRIB ÇIQILGAN QONUNLARNI TARĞIB QILIŞ BÖYIÇA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön törtinçi yalpi majlisida körib çiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida Senatning Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş böyiça qömita raisi Botir Matmurodov tumanimizga taşrif buyurdi.
Şu yil 7-may tuman hokimligida şu munosabat bilan bölib ötgan yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi. Yiğilişda Senatning ön törtinçi yalpi majlisida körib çiqilgan masalalar keng muhokama qilinib, masʼullarning bu böyiça maʼruzalari, hisobotlari eşitildi.
Dastlab Jinoiy işlar böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda Parlament yuqori palatasining ön törtinçi yalpi majlisida Prezidentimizning ayrim Farmonlarini tasdiqlaş töğrisidagi qarorlari mazmun-mohiyati töğrisidagi maʼruza qildi. Şuningdek, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev prokuratura organlarining 2020-yildagi faoliyati töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining hisoboti bilan taniştirdi. “Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holati töğrisida”gi, “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi hamda “Noşirlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun-mohiyati töğrisida esa tuman Adliya bölimi boşliği Möminjon Matyusupov öz maʼruzasida batafsil söz yuritdi.
Yiğiliş davomida tuman hokimining birinçi örinbosari Maʼmurjon Temirboyev “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşga doir çoralar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati töğrisida sözlab, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati böyiça hisobot berdi. Tuman hokimi örinbosari, investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği Raşid Salayev esa “Özbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya, ikkinçi tomondan, örtasida şerikçilikni taʼsis etuvçi şerikçilik va hamkorlik töğrisidagi Bitimni ratifikatsiya qiliş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati töğrisida keng töxtaldi.
Undan taşqari, tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Jasur Norimov aholini içimlik suvi bilan taʼminlaşga doir muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalari xususida maʼlumot berdi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalari töğrisida esa tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev maʼlumot berib ötdi.
Şundan söng, tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Mahmud Şermetov, 2017–2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2021-yilning birinçi çoragidagi ijrosi böyiça Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Agrobank tuman filiali boşqaruvçisi Nurbek Rasulov Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisining Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yildagi faoliyatiga doir hisoboti bilan taniştirdi.
Tibbiyot birlaşmasi boşliği Faxriddin Abdullayev “Psixiatriya yordami töğrisida”gi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boşliği Gulmurod Bekiyev “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati töğrisida batafsil tuşunçalar berdi.
Yiğilişdan söng, masʼullar “Amudaryo tomorqa xizmati” masʼuliyati çeklangan jamiyati va “Amudaryo quriliş materiallari” masʼuliyati çeklangan jamiyatining aholiga maişiy hizmat körsatiş binosiga taşrif buyurdi. Mazkur taşkilotlarda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar bilan yaqindan tanişdilar.
Çoykul ovulida ötkazilgan sayyor qabulda masʼullar fuqarolarga qonunçilikdagi yangiliklar va özgarişlar xususida gapirib, huquqiy tuşunçalarini kengaytirdi. Şundan söng, aholi tomonidan qilingan turli murojaatlar tinglanib, ularning ijobiy hal qilinişiga kömaklaşildi. Örganiş va muddat talab qilinadigan murojaatlarga esa yeçim topiş böyiça tegişli rahbarlarga topşiriqlar berildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶