28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:27
Adabiyot 👁 341

"MAShAQQATLARDA TOBLANGAN UMR" KITOBINING TAQDIMOTI BOʻLIB OʻTDI

"MAShAQQATLARDA TOBLANGAN UMR" KITOBINING TAQDIMOTI BOʻLIB OʻTDI

Kitob – beminnat ustoz. Bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai hisoblanadi.  Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli boʻlishining muhim omil – bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish va kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Joriy yilning 14-iyun kuni amudaryolik tadbirkor, mehnat faxriysi Tursunboy Ahmedovning mashaqqatli umr yoʻllari haqida hikoya qiluvchi “Mashaqqatlarda toblangan umr” kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Jurnalist Oygul Rajabova qalamiga mansub ushbu kitob Tursunboy Ahmedovning bosib oʻtgan  yoʻllari, yoshlarimizga oʻrnak boʻluvchi  ibratli hikoyalardan tashkil topgan.

Tadbirda tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimidan Bekman Allaberganov, mahalla faollaridan Oʻrinboy Berdibayev, Norboy Ibodullayev, Sherimbat Bekimbatov, Ataxon Quralov, Sapargul Xoʻjamuratova, tadbirkor Sobir Erimbetov, fermer Ozod Tajimuratov, Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ozod Kamolov, shu mahalla xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mahfuza Ibrahimovalar ishtirok etishdi.

Kitob – qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan  oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻladi. Bunday kitoblarni mutolaa  qilish va uning mazmuni haqida boshqa kitobxonlar bilan fikrlashishning huzur halovati tamoman oʻzgachadir.

Taqdimot kechasini Bekman ota Allaberganov ochib berdi. Taqdimot davomida Xalq deputatlari tuman Kengashiga Beruniy mahallasidan saylangan deputat Nilufar Davletova, tadbirkorning shogirdi Ozod Tajimuratovlar soʻzga chiqib, Tursunboy akaning faoliyati, qilgan mehnatlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar. Soʻzga chiqqanlar Tursunboy Ahmedovning ish faoliyati davomida hattoki, qoʻl ostidagi haydovchilar, ishchilar bilan rahbar emas, balki doʻstlardek muomalada boʻlganliklarini, hodimlarining hayotlaridagi muammolariga hech qachon befarq qaramasliklarini, namunali ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirib borishni va boshqa insoniy xislatlarini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Chindan ham, hayotining salkam yarim asrida rahbarlik lavozimlarida ishlab, mashaqqatlarda toblangan, "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan kommunal, maishiy xizmat va savdo xodimi" unvoni, "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25" yil koʻkrak nishoni sohibi, 36-yildan ortiq vaqtdan beri "Mangʻit" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga raislik qilib kelayotgan Tursunboy aka Ahmedovning hayot yoʻli koʻpchilik uchun ibrat maktabidir.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganidek, bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini oʻylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bagʻrikenglikka daʼvat etishga qaratilgan haroratli soʻzi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan, ijodkorning har bir asari kitobxonlar uchun maʼnaviyat ummonining bir chashmasi sifatida qadrlidir. Jurnalist Oygul Rajabova ham zamonamiz qahramonlaridan biri haqida hikoya qiluvchi “Mashaqqatlarda toblangan umr” kitobi bilan ana shu ummonning yanada mavjli boʻlishiga hissa qoʻshdi.

Tadbir nihoyasida yigʻilganlarga “Mashaqqatlarda toblangan umr” kitobi sovgʻa qilindi.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026