“AMUDARYOTEX” XK TUMANNING IJTIMOIY-IQTISODIY SALOHIYaTI OŞIŞIGA XIZMAT QILMOQDA
Prezidentimizning qaroriga asosan 2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qator amaliy işlar qilinmoqda.
Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida 2020-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş dasturi böyiça umumiy qiymati 459 mlrd. söm bölgan 77 ta loyihalar amalga oşirilişi belgilangan. Şundan sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça 378 mlrd. 656 mln. sömlik 23 ta loyihalar amalga oşirilişi va 620 ta yangi iş örinlari yaratilişi belgilangan. Ayni paytgaça qiymati 35 mlrd. 359 mln. sömlik 14 ta loyihalar amalga oşirilib, 103 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Amudaryo tumanida bugungi kunda 7 ta eksportyor korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Tumandan asosan, ip-kalava, xom ipak, qizilmiya ildizi kabi mahsulotlar eksportga yönaltiriladi. Uşbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida 3 mln. 480 ming AQŞ dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilingan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 137 foizni taşkil qiladi.
Tumandagi yirik eksport korxonalardan biri bölgan “Amudaryotex” maʼsuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi xorijiy korxonasi klaster şaklida paxtani qayta işlaş orqali ip-kalava işlab çiqaradi hamda Xitoy, Pokiston, Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlarga eksportga yönaltiradi.
Korxonada 2019-yilda tumanda yetiştiriladigan paxta hosilining 50 foizi klaster şaklida qayta işlangan hamda 5 mln. 300 ming AQŞ dollari miqdorida mahsulot eksport qilgan bölsa, 2020-yildan boşlab, tumanda yetiştiriladigan paxta hosilini töliq klaster şaklida qayta işlaş yölga qöyildi. Natijada korxonaning işlab çiqariş quvvatlari oşdi hamda ötgan yil davomida 7 mln. AQŞ dollari miqdorida mahsulot eksporti amalga oşirildi. Joriy yilda uşbu körsatkiç 8 mln. AQŞ dollarini taşkil qilişi kutilmoqda.
Bu yilgi mavsumda korxona klasteri tomonidan 350 ta fermer xöjaliklari bilan kontraktatsiya şartnomalari tuzilgan. Fermer xöjaliklarida 15 ming 30 gektar çigit ekilgan bölib, dalalarda tekis nihol olişga erişildi va ğözalar şu paytgaça 2-3-martadan suspenziya usulida oziqlantirildi. Tarkibida zaruriy mikroelenmentlar bölgan kimyoviy öğitning “plantin”, “fertiplan” turlaridan 20 tonna sarf qilindi. Korxona klasterida mavjud bölgan 3 ta lazerli yer tekislaş qurilmasi, 3 ta aylanma omoç, 3 ta çizellaş uskunasi, 3 ta kultivator va boşqa 10 dan ziyod texnikalar yordamidan foydalangan holda fermer xöjaliklaridagi paxta maydonlaridagi ğözalar sifatli tarzda, agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilinmoqda.
Qizilçoli mahallasidagi 2007-yildan beri faoliyat körsatib kelayotgan “Ğumçoli” köp tarmoqli fermer xöjaligida 74 gektar yer maydoni mavjud. Alişer Rajabov raislik qilib kelayotgan uşbu xöjalikda 44 gektar yerga paxta ekilgan. Xöjalikda mehnat qilayotgan 36 nafar pudratçi, 10 nafar yollanma işçilarning kuç-ğayrati evaziga tekis undirişga erişilgan ğöza nihollari şu kungaça 2-marta oziqlantirilib, 1-marta çuqur kultivatsiya qilindi. Şu kunlarda xöjalik işçilari paxta maydonlarini suğorişga tayyorlaşmoqda.
Fermer xöjalik yerlariga işlov beriş va barça agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişda korxona klasteri texnikalaridan va öz ixtiyoridagi 4 ta texnikadan foydalanilib kelinmoqda. Joriy yilgi paxta mavsumida har bir gektar yerdan 25 tsentnergaça hosil yetiştirilib, 100 tonnaga yaqin “oq oltin” terib olinişi möljallanmoqda.
Taʼkidlaş joizki, eksport va investitsiyalarni rivojlantiriş Hukumat komissiyasi yordamida “Amudaryotex” maʼsuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan pnevmatik ip-kalava işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilişi, bu orqali qöşimça 2 mln. AQŞ dollari miqdorida mahsulotlar eksportini amalga oşiriş imkoniyati yaratilmoqda.
Şuningdek, korxona tomonidan jami qiymati 280 mlrd. sömlik 4 ta loyiha - paxta tozalaş zavodi, yoğ mahsulotlari işlab çiqariş, ip kalava işlab çikariş, mato işlab çikariş faoliyatini taşkil etiş orqali yana qöşimça 400 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan.
Bugungi kunda tumanning Oq oltin ovuli hududidagi sobiq paxta tozalaş zavodi bino va inşootlarini sotib oliş böyiça mablağlarning bir qismi tölab berilgan bölib, mazkur hududda yoğ işlab çiqariş zavodini quriş böyiça quriliş işlari boşlab yuborilgan, asbob-uskunalar olib kelingan. Ip-kalava işlab çiqariş loyihasini moliyalaştiriş uçun esa tijorat bankiga hujjatlar töplami taqdim qilingan.
Tumanimizdagi uşbu eksport korxonasi faoliyatini kengaytirişga qaratilgan istiqbolli rejalarning amalga oşirilişi kelgusida hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, aholi turmuş tarzini yanada farovonlaştiriş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶