29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:50
Siyosat 👁 2,574

Davlatimiz qudrati va hurligimiz ramzi

Davlatimiz qudrati va hurligimiz ramzi

OʻzA, Ziyodulla Jonibekov, 01.07.2014 11:06

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Davlat ramzlari el-yurtning hurligi, milliy gʻurur va mentaliteti, shonli tarixi, maʼnaviy-madaniy boyligi, urf-odat va anʼanalari, buyuk maqsad va ezgu orzu-intilishlarini oʻzida aks ettiradi.

Istiqlolga erishgach, mamlakatimiz ham oʻz davlat ramzlariga ega boʻldi. Bugun Oʻzbekiston oʻz Bayrogʻi, Gerbi, Madhiyasi va Valyutasiga ega.

Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi oʻz aksini topgan. Unda tasvirlangan gullagan vodiy uzra nur sochayotgan oftob serquyosh yurtimizga, undagi obod manzillarga ishora. Baland togʻlar oralab oqayotgan daryolar – hayot boqiyligi timsoli boʻlsa, gerbning soʻl tomonidagi bugʻdoy boshoqlari xalqimizning rizq-roʻzi butunligidan, oʻng tomonidagi qiygʻos ochilgan gʻoʻza ifodalangan chambar xalqimizning oppoq orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan.

Gerbimiz markazida baxt va olijanoblik timsoli boʻlgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib, parvozga shaylanib turibdi. Bu xalqimizga xos ezgu orzu-umidlar ifodasidir. Zero, elimiz Humoni azal-azaldan baxt qushi sifatida tasavvur etib kelgan.

Gerbimizdagi ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, toʻkinlik, farovonlik kabi orzu-umidlarini oʻzida namoyon etadi. Gerbning pastki qismidagi davlatimiz bayrogʻini ifodalovchi chambar bandiga zarhal harflar bilan "Oʻzbekiston” soʻzi bitilgan.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi tarixiy qonunda belgilanganidek, Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimliklar, qoʻmitalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari binolari, chet ellardagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining peshtoqida oʻrnatilgan. Respublikamiz davlat chegaralaridagi Davlat gerbi barchamizga gʻurur-iftixor bagʻishlaydi. Vatan ostonasidagi davlatimiz ramzini koʻrib, beixtiyor qalbimiz entikadi, muqaddas zaminimizga boʻlgan mehr-muhabbatimiz yanada oshadi.

Davlat gerbi tasviri har birimizning mana shu saxovatli zamin farzandi, ushbu ozod yurt fuqarosi ekanimizni tasdiqlovchi fuqarolik pasportida ham aks ettirilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunda mamlakatimiz fuqarolari, shuningdek, Oʻzbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart ekani belgilab qoʻyilgan.

Davlat ramzlari muqaddasdir. 2010-yil 24-dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi”gi qonunga muvofiq, davlatimiz ramzlaridan foydalanish qoidalari yanada takomillashtirildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas.

Ha, mustaqil Vatanimizning Davlat gerbi ulkan gʻoyaviy-tarbiyaviy ahamiyatga molik timsol sifatida barchamiz uchun qadrli va muqaddasdir. Uni har safar koʻrganimizda shunday betakror, hech kimdan kam boʻlmagan qudratli mamlakatda yashayotganimizdan faxr-iftixor tuygʻularini his etamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026