12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:35
Adabiyot 👁 374

ARMON (Hayotiy voqea asosida)

ARMON (Hayotiy voqea asosida)

Binoyiday işlab yurgan Rohila yotib qoldi.

– Ota, Sarvar bilan Mohlarni uç kundan beri körmadim, sizni olib ketdi, deyişdi.., – Rohila juda ojiz ovozda gapirdi.

Ibodulla ota nimanidir anglaganday böldi, gapirişga oşiqmadi, “Hozir, bolam”, dedi-yu taşqariga yönaldi.

Hovli adoğidagi supada ötirgan qudağayi oldiga bo-rib, nevaralarini söradi:

– Men kasalni boqayinmi, bolalarnimi? – jerkidi qudağayi.

Ibodulla ota özini bosdi, harna  ayol kişi, tağin qizining qaynonasi.

 – Bolalarini uç kundan beri körmabdi, soğingan, –dedi muloyimlik bilan.

– Qizingizning qanday kasalligini bilasizmi? Axir u rak! Bolalarga yuqib.., –çaynaldi qudağayi.

Bu gapdan söng, Ibodulla ota uçun gapiriş ortiqça böldi. Indamay örnidan turdi-da, Rohilani dast kötarib darvoza oldida turgan maşinaning orqa örindiğiga avaylab yotqizar ekan, uni avvalroq olib ketmaganiga afsuslandi.

Oradan bir yarim oy ötib, Rohila butunlay yeb-içişdan qoldi. Goh huş, goh behuş yotgan Rohila kun böyi eşikdan közlarini uzmas, ojizgina ovoz çiqarib, öğli bilan qizini çaqirardi.

– Jiyanlaringni  olib kel, – dedi Ibodulla ota öğli Nodirbekka – aytişib ötirma, jiyanlaringni olib, tezda qayt. Bir oydan ötdi, opang bolalarini har kuni ming marta söraydi, ilhaq bölib yotibdi. Nodirbek ketdi, lekin hadeganda qaytavermadi. Bilsa, qudağayi nevaralarini jönatmabdi.

– Xudoga soldim, qay bandang gunohkor bölsa, özing adolat qil, Tangrim! – Ibodulla ota hovli adoğiga borib, yelkalari silkinib-silkinib yiğladi.  Şu payt örtança qizi Ramiza içkaridan yugurib çiqdi:

– Ota, ota, qarab yuboring, ota!

Şoşilib içkariga kirgan Ibodulla ota Rohilaning yostiqqa  suyangança tiklanib ötirganini körib ham quvondi, ham hayron qoldi. Bir neça kundan beri labiga tomizgan suvni tamşanib olişga majoli yetmayotgan Rohila atrofiga taxlab qöyilgan yostiqlarga suyangança eşikka termulib ötirar, aftidan hozir bolalari kirib keladiganday, ularni bağriga bosişga oşiqib, ikki quloçini yozgança özini tetik tutişga urinardi.

– Sarvar, Mohlar, – ojizgina piçirladi uning lablari.

– Kelişadi, opa, kelişadi, ertalab poççam olib keladi, – hozir borib körib keldim.

Nodirbekning şu gaplaridan söng Rohila boşini majolsizgina yoqtiqqa qöydi. Bir neça soniya opalariga, ukasiga, otasiga tikilib-tikilib qaradi. Söng yuzini devor tomonga burgança uyquga ketdi. Yarim tunda ilkis közini oçib, yana eşikka qaradi. Butun kuçini töplab ikkala qölini kötarişga harakat qildi, söng yana uyquga ketdi, sal ötib uyğondi, derazaga boqdi, nigohlari bilan tong yoruğligini izladi. U tongni, tongda kirib keladigan bolalarini kutardi. Rohila tun yarmidan oğganda yana uyquga ketdi-yu, boşqa uyğonmadi. Yengilgina xurrak otayotgan kabi uxlayverdi, uxlayverdi. Bot-bot qöllarini qimirlatib qöyardi, xolos. Tong ğira-şirasida u jimib qoldi...

Közlarini yumib uxlayotgan Rohila qaçon közini oçdi, boşini qaçon eşik tomon burdi, atrofida bir oğiz söziga ilhaq ötirgan jigar-bandlari hatto sezmay qolişdi. Faqat Rohila jimib qolgaç, xavotir bilan unga boqqan Ibodulla ota “Astağfirulloh!” deb yubordi. Rohila közlarini katta-katta oçib, eşikka termulgança, yuzida ajib nurli tabassum bilan jon bergandi. Zohiridami, botinidami, Allohning irodasi bilan u farzandlari bilan körişgan kabi mamnun qiyofada yotar, közlaridagi nur ham hali sönmagan edi.

Ibodulla ota qizining oçiq ketgan intizor közlarini titroq qöllari bilan silarkan, uning dudoqlari nam ekanligini sezdi. Xayolida bolalari bilan körişib yiğladimi yoki bolalarining soğinçi unga armon bölib qoldimi? Bunisi otaga noayon edi.

– Armonli dunyoga siğmagan armonli bola-a-am! – Rohilaning jasadini bağriga bosib, yuzlarini silab-silab armon bilan yiğladi ota.

Saldan keyin butun hovlini aççiq faryod tutdi. Bir pasda tumonat odam yiğildi. Peşin namozidan avval Ibodulla otaning  gözal qizini qabrga qöyişdi. Hassakaşlar hovliga uvvos solib kirib kelişganida darvoza oldida nevaralari körindi. Ibodulla ota qançalik özini qölga olişga urinmasin, baribir çiday olmadi. Biri 7 yoş, biri 5 yoş bölgan Sarvarjon bilan Mohlaroyimni bağriga bosib öksib-öksib yiğladi. Kiçigi anglamasa-da, Sarvarjon bir narsani tuşunganday, bobosining bağridan uzilib çiqib, içkari uyning har bir xonasiga kirib çiqdi. Ayollar orasidan onasini izladi. Xolalarini bir ahvolda körib, yiğlab yubordi.

– Onajon, onamni topib beringlar, onamni... – bola to özi töxtamagunça qöyib berişdi. U uzoq yiğladi, unga singlisi qöşildi. Bolalarni ovutgani kelgan Çamangul enaga Sarvar tik qarab baqirdi:

– Sizni yomon köraman, keting bu yerdan. Onangning kasali yuqadi, deb bizlarni qöymadingiz. Qani mening onajonim, topib  bering endi. Onaj-o-on!

Yiğlagan ham yiğladi, yiğlamagan ham. Şunda mahalladagi keksa onaxon Şarifa momo bolalarning boşini silab dalda berdi, ovutdi, söng:

– Çamangul qudağay, – dedi bosiqlik bilan, – juda oğir gunohga botibsiz, tavba qiling. Rohilajonday ayol boşqa dunyoga kelmaydi. Bolalariga juda ilhaq qildingiz-a, ilhaq qildingiz. Kasali yuqsa, menga yuqmaydimi, har kuni keldim oldiga, har kelganimda bağrimga bosdim, uyaling-a, qudağay, uyaling, tavba deng. Endi bu norasidalarning  yuziga qanday qaraysiz-a, qudağay...

Rohilaning maʼrakalari ötdi, Sarvarjon bilan Mohlaroyim enasi bilan dadasi qança qistovga olişmasin, Ibodulla  otaning uyida qolişdi. Ayniqsa, Sarvar boşqaça, aqlli edi:

– Biz özimiz xohlagan joyda yaşaymiz, ketmaymiz! – dedi qatʼiy. Bir yil ötib-ötmay kuyovi uylandi. Şundan söng, nevaralari dadasi haqida hatto öylamay ham qöyişdi. Ögay ona qöliga nevaralarini bergisi kelmayotgan Ibodulla otaga bir kuni kuyovi kelib bir parça qoğoz taşlab ketdi. Unda şunday sözlar bor edi: “Farzandlarimning xohişiga  köra, ularni bobosi Ibodulla Fayzullayev qaramoğiga berişga roziman”. Aftidan kuyovi öz tinçligini öylab, bolalaridan ham keçgan edi.

Ibodulla otaning köngli xotirjam tortdi. Köz oldida  eşikka termulib jon bergan, diydalari nam Rohilaning armonli nigohi jonlandi: “Qizimning ruhi şod bölişi uçun ularni köz qoraçiğiday asrayman”. Otaning yuzini aççiq armon yoşlari yuvardi.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026