Zafarlarga yöllovçi mayoq
Matbuot - bu xalqimiz hayotining közgusi, uning orzu-istaklari, qalb sadolari ifodasi, xalqimizning har bir yutuq va zafarlarini madh etib, farovon hayoti uçun fidokorona mehnat qilgan insonlarni elimizga tarbiyalab bergan ibrat maktabi vazifasini bajarib kelayotgan yorqin maşʼaldir.
Nopoklarning qilmişlarini foş qilib, xalqni, yoş avlodni bunday xatolardan asraş, davr bilan hamnafas yaşaşga örgatiş ham uning burçidir. Bu masʼuliyatli vazifani mohirlik va sadoqat, fidoyilik bilan bajarib kelayotgan gazetamiz özining 80 yillik yubileyini nişonlamoqda. Mening taqdirim ham şu gazeta bilan boğlangan.Mehnat faoliyatimni 1973-yilning 1-sentyabridan, gazeta muharririning örinbosari vazifasida işlaşdan boşladim. 1975-yilning 1-oktyabr sanasidan gazetaga muharrir qilib tayinlandim.
Ikki yil oliy partiya maktabining jurnalistika bölimida öqib, imtiyozli diplom olgaç, yana öz yurtimga, öz gazetamga işga keldim. 1990-yilda meni "Xalq sözi” gazetasiga işga qabul qilişdi. Tumanimiz gazetasi obrösini sobiq ittifoq jurnalistlar soyuzi eʼtibor va hurmatiga sazovor etiş, sobiq SSSR jurnalistlar ittifoqining ikki sʼezdi delegati, Jurnalistlar soyuzi boşqaruvi aʼzosi bölib saylaniş baxtiga sazovor böldim. Jurnalistlar xalqimiz uçun, Vatanimiz uçun eng sadoqatli, eng fidoyi insonlar. Tumanimiz hayotining közgusi - gazetamiz doimo zamon bilan hamnafas, olğa intiluvçan, jangovar gazeta böldi va şunday bölib qoladi. Bugun Vatanimiz obrösi, tumanimiz şon-şuhrati yölida sadoqat va fidoyilik körsatib kelayotgan gazetamiz tahririyati xodimlarini, uning muxlislarini qutluğ bayram bilan tabriklab, ularning işlariga zafarlar tilayman.
Xalqimiz hayotining maşʼali mangu porlab turaversin!
Gulnora MATYoQUBOVA, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶