28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:25
Salomatlik 👁 263

“TOZA QOʻLLAR VA TOʻGʻRI NAFAS OLISh” AKTsIYaSI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

“TOZA QOʻLLAR VA TOʻGʻRI NAFAS OLISh” AKTsIYaSI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Respublikamizda 13-22-iyul kunlari “Toza qoʻllar va toʻgʻri nafas olish” aktsiyasi munosabati bilan tadbirlar  oʻtkazildi. Aktsiya davolash profilaktika muassasalarida davolanayotgan yoki bir martalik tekshiruvga kelgan fuqarolar oʻrtasida oʻtkazildi. Uni oʻtkazishda yoshlar, keksa yoshli fuqarolar, sportchilar, ibratli oila vakillari, volontyorlar jalb etildi va masofa saqlagan holda istirohat bogʻlari, mahallalar va bozorlarda olib borildi.

24-iyul kuni Amudaryo tumanida ham tuman Tibbiyot birlashmasida  Birlashma boshligʻi Faxriddin Abdullayev, Salomatlik boʻlimi shifokori Jumaboy Yavkashev ishtirokida  aktsiya munosabati tibbiy xodimlari oʻrtasida yakuniy tadbir tashkil etildi. Unda koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlari va markaziy shifoxona boʻlimlarning 72 nafar  mudirlari, bosh mutaxassislari qatnashdilar. Tadbir davomida Birlashma boshligʻi Faxriddin Abdullayev va Salomatlik boʻlimi shifokori Jumaboy Yavkashevlar, sport targʻibotchisi Ibodulla Nurimbetovlar 13-22-iyul kunlari oraligʻida “Toza qoʻllar va toʻgʻri nafas olish” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlar xususida maʼlumot berib oʻtishdi.

Bu aktsiyani oʻtkazishdan maqsad, aholi orasida kun sayin koʻpayib borayotgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish, profilaktika qilish ekanligini taʼkidlashdi.

Undan tashqari, "Toza qoʻllar" aktsiyasi nafaqat insonni sogʻlom va tetik boʻlishida, hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda, kasalliklarni profilaktika qilishda, sogʻlom turmush tarzi asosini tashkil qilgan sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollikka undovchi chora-tadbirlarni targʻib qilishda juda muhim oʻrin tutgani haqida aytib oʻtildi. Aktsiya tumandagi barcha hududlarda oʻtkazilib, unga aholining barcha qatlami jalb etilgani, fuqarolar katta qiziqish bilan qatnashishgani, bundan keyin ushbu tadbirlarni muntazam ravishda yoʻlga qoʻyib, uzviy davom ettirish kerakligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, aktsiya doirasida 122 ta suhbatlar uyushtirilgan, turli tadbirlar oʻtkazilib, ularda 612 nafar fuqaro qatnashgan. Faol yurish tadbirlarida, nafis gimnastika boʻyicha koʻrgazmali chiqishlarda Tibbiyot birlashmasi va Navoiy nomli mahalladan 144 nafar fuqaro ishtirok etgan.

Aktsiya doirasida aholini antropometrik koʻrsatkichlari qayta oʻlchab chiqildi. Shundan soʻng, "Sogʻlom" va "Tayanch" guruhlarga ajratilib, mahalla yigʻinlarida tashkil etilgan tibbiy brigadalar tomonidan "Sogʻlom hayot" dasturi doirasida "Salomatlik maktabi", "Eʼzozli ayollar", "Nuroniylar” klubi, vazni 100 kilogrammdan yuqori boʻlgan fuqaro va ayollar uchun "Chiroyli qomatlar" klubi tashkil etilib, klub aʼzolariga mahallalarda tashkil etiladigan sogʻlom ovqatlanish burchagida sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish qoidalari boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi.

Tibbiyot birlashmasining Salomatlik boʻlimi tomonidan fitobar ham tashkil etilib, unda shifokor-mutaxassislar aholiga sogʻlom ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, sabzavotlar va mevalar, dorivor giyohlardan qanday tartibda foydalanish, salomatlik maydonchalarida tonggi badantarbiya, jismoniy faollikka undovchi mashqlarni bajarish boʻyicha oʻz maslahat va tavsiyalarini berib bordilar.

Sogʻliqni saqlash vazirining tavsiyasiga asosan, Respublikamizda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiya qilish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida, mahalla va tashkilotlarda oʻtkazilgan mazkur aktsiya doirasidagi tadbirlar aholining sogʻlom turmush tarzi haqidagi tushunchalarini, bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026