Boş vazirining tumandagi qabulxonasi 1100 qisqa raqami orqali 20 ta murojaatlarni qabul qilgan
Sönggi yillarda tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan örni keskin oşganini hisobga olib, joriy yilning avgust oyi boşlarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar va işbilarmonlar bilan oçiq muloqoti ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Uşbu tadbirda tadbirkorlarga tösiq bölayotgan dolzarb muammolar va ularning yeçimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxşilaş böyiça taklif va taşabbuslar muhokama qilinişi közda tutilgan. Şunga muvofiq, joriy yil 20-iyuldan 31-iyulgaça tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatiga boğliq masala, biznesini kengaytiriş va rivojlantirişga turtki beradigan ğoya va takliflar bilan töğridan-töğri Özbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilişi mumkinligi belgilangan edi.
Tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlik qiliş istagi bölgan fuqarolarning Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasining 1100 qisqa raqami orqali Özbekiston Respublikasi Prezidentiga mavjud takliflari va muammolarini aytib murojaat qilişi imkoniyati yaratilgan.
Şu davr mobaynida tumandagi tadbirkorlardan 1100 qisqa raqami orqali 20 ta murojaatlar qabul qilingan bölib, mazkur murojaatlardagi muammolarni örganiş va qisqa fursatlarda hal qiliş çoralari körildi. Jumladan, Xolimbeg ovul fuqarolar yiğini hududida yaşovçi I.Bozorboyevning parrandaçilikni rivojlantiriş yönalişida Mikrokreditbankdan 33 mln. söm kredit mablaği ajratiş böyiça murojaati bank xodimlari tomonidan qisqa muddatlarda ijobiy yeçim topildi. "MANG'IT AMU BREKET" MÇJ rahbari G.Allabergenovning qizilmiya ösimligini çet davlatlarga eksport qilişdagi tölamlar böyiça bergan taklifi Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan huquqiy maʼlumot berilib, hal etildi. Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinida yaşovçi X.Xudoyarovning imtiyozli kreditlarni sektorlar kesimida ajratiş böyiça bergan taklifi esa Markaziy bank Qoraqalpoğiston Respublikasi Boş boşqarmasi tomonidan qabul qilindi.
Hozirgi kunda jarayondagi murojaatlarni vakolatli organlar tomonidan qisqa fursatlarda hal qiliş çoralari körilmoqda.
A.Xöjamurodov, tumandagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶