28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 416

UZUMChILIKNI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN OʻQUV-TARGʻIBOT SEMINAR OʻTKAZILDI

UZUMChILIKNI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN OʻQUV-TARGʻIBOT SEMINAR OʻTKAZILDI

Maʼlumki, amudaryoliklar uchun bogʻlar barpo etish, mavjud bogʻlarni asrab-avaylash, mevalarning eng sara navlarini yaratish orqali bogʻdorchilik madaniyatini yuksaltirish bobomeros qadriyatlar sirasiga kiradi. Shuning uchun  ham tumanimizning qaysi hududiga bormang, serhosil bogʻ-rogʻlarga koʻzingiz tushadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan eʼtibor tufayli tumanimizning eng  chekka ovul va mahallalari hududlarida  ham biri-biridan soʻlim bogʻ-rogʻlar barpo etilib, sohibkor-u  bogʻbonlarimiz yetishtirgan noz-neʼmatlar xalqimiz dasturxoniga  tortiq qilinmoqda.

Joriy yilning 7-iyul sanasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari mamlakatimizda uzumchilikni rivojlantirish, sohaga yangi, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali uzum yetishtirishda sanoat usulida qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarda ekoturizmni yoʻlga qoʻyish boʻyicha soha mutaxassislariga zarur tavsiyalar berib, yurtimizda azaldan uzumchilik anʼanasini davom  ettiribgina qolmay, uni oʻz shaxsiy tajribalari orqali yanada boyitib, daromad manbaiga aylantirgan sohibkor-bogʻbonlar tajribasini ommlashtirishni taʼkidlagan  edilar. Joriy yil 5-avgust sanasida Ayoqchi mahallasi hududidagi “Otalar choyxonasi”da  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni sohaga izchil tatbiq  etish maqsadida, shuningdek Buloqboshi tumani sohibkor-bogʻbonlari tajribasini qoʻllagan holda uzumzorlarda soʻritoklar qurish, uzum nihollarining soʻritoklardagi bagʻazlar boʻylab oʻsishini taʼminlashga bagʻishlangan oʻquv-targʻibot seminari oʻtkazildi.

Oʻquv-targʻibot seminari ishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisining oʻrinbosari Duysenboy Oterbayev, Amudaryo tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov, shuningdek tumandagi bogʻdorchilik va uzumchilik tarmogʻiga ega fermer xoʻjaliklari bogʻbonlari, qishloq xoʻjalik  korxonalari rahbarlari ishtirok  etdilar.

Boʻlib oʻtgan oʻquv-targʻibot seminarida uzumchilik boʻyicha masʼul mutaxassislar Buloqboshi tumani sohibkor-bogʻbonlari tajribasini tumanimiz sharoitida qoʻllash orqali erishiladigan yutuqlar va koʻzlanayotgan natijalar haqida seminar ishtirokchilariga keng tushunchalar va maʼlumotlar berdilar.

Shundan soʻng, oʻquv-targʻibot seminari ishtirokchilariga Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini hududidagi Bahrom Sobirovning tomorqa xoʻjaligida Buloqboshi tajribasini qoʻllagan holda soʻritok tashkil etish amalda koʻrsatib berildi. Shu bilan birga, soʻritoklarda yetishtirilgan uzum mevasi oddiy usulda yetishtirilganidan ancha serhosil boʻlishi, mavsum davomida sohibkor-bogʻbonlar tomonidan uzumzorlarga agrotexnik ishlov berish muddatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminarda aholi vakillari ham ishtirok etishib, uzumchilikni rivojlantirish, uzum mevalarini qish oylarida sifatli saqlash, uzum zararkunandalari va kasaliklariga qarshi kurashish yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollar yuzasidan masʼul mutaxassislar zarur tushunchalar va tavsiyalar berishdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026