Uzumçilikni daromad manbasiga aylantirgan tomorqaçi
Tumanimizda qişloq xöjaligining barça sohalarini, şu jumladan meva - uzumçilikni jadal rivojlantiriş, tuproq unumdorligini yaxşilaş, meva - uzum hosildorligini oşiriş hamda ularni qiş va bahor oylarida sifatli saqlaş, halqimizning meva va uzum mahsulotlariga bölgan talabini töla qondirişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Ayni paytda tuman qişloq xöjalik korxonalarida jami 815 gektar boğ va 290 gektar uzumzorlar mavjud bölib, uşbu boğlardan joriy yil mavsumida 6687 tonna meva, 2949 tonna uzum hosili yetiştiriş rejalaştirilgan. Sohibkor-boğbonlar yetiştirgan meva mahsulotlari Manğit dehqon bozorida savdo yarmarkalari orqali arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda.
Bugungi kunda tumanda boğdorçilikka ixtisoslaşgan 35 ta qişloq xöjaligi korxonalari va 4 ta uzumçilikka ixtisoslaşgan tadbirkorlik subʼektlari mavjud bölib, pakana va yarim pakana turdagi, yaʼni intensiv yangi mevali boğlar 154 gektarni taşkil etadi.
Tumanda meva eksporti hajmini köpaytiriş hamda yurtimiz dasturxoniga sifatli va arzon meva mahsulotlarini yetkazib beriş maqsadida 2021-yilda Turkiya texnologiyasi asosida, jahon standartlariga mos keladigan 500 gektar yangi intensiv boğlar barpo etiş rejalaştirilgan bölib, erta bahorda 28 ta qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 461 gektar maydonda har xil turdagi mevali daraxt köçatlari ekildi.
Bundan taşqari, 2021-2023-yillarda tumanimizda uzumçilikni rivojlantiriş maqsadida 339 ta qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 1000 gektar maydonda tokzorlar barpo etiş maqsadida köçat yetkazib beruvçi korxonalar bilan şartnomalar tuzilib, bahor mavsumida yangidan 299,8 gektar tokzorlar barpo qilindi va kuz mavsumida yangidan tokzorlar barpo etiş uçun qolgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda uzumçilikka ixtisoslaşgan “Manğit Omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatida jami 11,7 gektar tokzorlar mavjud bölib, 2021-yil bahor mavsumida 5,2 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo qilindi va ayni paytda kuz mavsumida 6,5 gektar yangi tokzorlar barpo etiş uçun maydonlarga işlov beriş işlari amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, aholi tomorqa xöjaliklarida ham uzumçilikni rivojlantirişa alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uzumçilik, umuman olganda, boğdorçilik tumanimiz sohibkor-boğbonlari uçun yangilik emas. Mirişkor, usta sohibkor-boğbonlar azaldan boğ yaratiş va undan möl hosil olib, öz xonadonlari uçun meva yetiştirişni daromad manbaiga aylantirişning hadisini olişgan. Tumanimizning qaysi hududiga bormang, albatta, har bir xonadon tomorqasining bir qismida möʼjazgina mevazor boğni körasiz.
Bu borada Qiliçboylik tomorqaçilarga teng keladigani yöq. Ayniqsa, bu hududda uzumçilik bilan şuğullanib, yuqori natijalarga erişayotgan mohir sohibkorlar talaygina. Biz ijodiy guruhimiz bilan ovuldagi Jabborbergan oğa Mangliyev xonadonida bölganimizda, uning nafaqat tajribali tomorqa yer egasi, balki uzumçilik böyiça öziga yetarli bilimdon sohibkor-boğbon ekanligiga guvoh böldik.
20-25 sotix atrofidagi tomorqa yerida tartib bilan ekilgan sarxil mevalar közni qamaştiradi. Hosili mölligidan şoxlariga tirgaklar qöyilgan anjir, olxörining bir neça xil turi, olma, şaftolining eng sara navlari saf tortgan mevazor boğning hovliga tutaş qismidagi uzum söritoklarida marjonday uzum tizilgan göra (ğöla)larining sanoğiga yetiş qiyin.
Jabborbergan oğa farzandlari bilan har yili bahorda uzum toklarini alohida eʼtibor bilan oçib, söri bağazlariga novdalarini erinmay, avaylab boğlab çiqadi. Har bir tup uzum tokiga agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, sifatli ötkazadi. Ayniqsa, uzum toklariga öğit soliş, zararkunanda haşoratlardan, turli kasalliklardan saqlaş maqsadida belgilangan muddatlarda işlov berib boradi. Natija esa kutilganidan ziyoda böladi. Unga bu işlarda umr yöldoşi, 15-sonli maktab öqituvçisi Gavhar opa Qurbonboyeva hamda farzandlari yaqin kömakdoş.
Tomorqaning oila iqtisodini kötarişdagi ahamiyatini yaxşi bilgan Jabborbergan oğa Mangliyevning nafaqat boğ-roğidan oladigan daromadi, balki mevali daraxtlar oralariga ekiladigan turli sabzavot, poliz ekinlari, çorvasi-yu parrandasi ham oila farvonligining asosiy mezoniga aylangan. Jabborbergan oğa şu boğ-roği, tomorqasi tufayli 4 nafar öğil-qizini kam-köstsiz voyaga yetkazgani, “Kobalt” rusumli avtomobil sotib olişgani, hovli-joyini köngildagiday qilib yasatib olişganini yaşirmaydi.
Ayni paytda Jabborbergan oğaning tomorqasida uzumning toifi, xusayni, çillaki, çaros, xirmoni, kişmiş kabi navlari yetiştirilmoqda.
Işkomlarda tizilib turgan uzum marjonlarini körgan kişining dilida havas uyğonadi. Yana uzoği bilan ikki oydan söng Jabborbergan oğaning uzumzoridan kuzgi xirmon kötariladi. Sohibkor-boğbonning aytişiça, uzum ğöralarini qişga saqlaş uçun birma-bir osib qöyişar ekanlar. Ğöralardagi mevalar sölib qolmasligi uçun ğöralar bandiga tez-tez bitta uzum mevasini kiydirib qöyişsa, mevalar bahorgaça yangi uzilganday saqlanar ekan.
Jabborbergan oğa ayni kunda pişib-yetilgan husayni, xirmoni navli uzum mevalarini boşqa meva-çevalar qatori bozorga olib çiqmoqda. Boğ-roğdan xonadon ğaznasiga har kuni daromad kelayotganidan oğaning kayfiyati baland.
Biz ham Jabborbergan oğaga tomorqada uzumçilikni rivojlantiriş maqsadida amalga oşirayotgan işlarida yuksak unum va samaradorlik tiladik.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶