28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 539

AMUDARYoLIK PAXTAKORLAR YuKSAK XIRMON BUNYoD ETIShGA KIRIShDILAR

AMUDARYoLIK PAXTAKORLAR YuKSAK XIRMON BUNYoD ETIShGA KIRIShDILAR

Kuzning ilk  kunlaridanoq yil boʻyi qilgan fidokorona mehnatlari mahsulini koʻrishga oshiqqan dehqon ahli borki, dala-yu bogʻiga koʻchib chiqadi. Imkonlarini chamalab, hosil xirmonlarini bunyod etishga kirishadilar. Sentyabr oyi, ayniqsa, paxtakorlar uchun yil sarhisobining zalvorli raqamlari qayd etiladigan palla. Chunki  ana shu oyda yetishtirilgan paxta hosilining asosiy  qismi yigʻishtirib olinadi, koʻzlangan rejalar, lafzlar yuksak hosil xirmonlarida namoyon boʻladi.

Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi tantana qilingan joriy yilda amudaryolik paxtakorlar oʻz oldilariga ulkan marralarni qoʻydilar. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryo tex” xorijiy korxonasi klasteri bilan 350 ta  paxtachilik fermer xoʻjaliklari oʻrtasida  shartnomalar tuzilib, 15 ming 30 gektar yerga tumanimiz iqlim sharoitiga mos serhosil paxta navlari ekildi. Hosildorlikni har gektar hisobiga 27,2 tsentnerga, yalpi hosil xirmonini 40 ming 950 tonnaga yetkazishni rejalashtirgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari joriy qishloq  xoʻjaligi yilining barcha mavsum yumushlarini agrotexnika qoidalariga muvofiq tashkil etdilar.

Xususan, yerlarni chigit ekishga tayyorlash, gʻoʻza yaganasi, chopiq qilish, sugʻorish, qator oralariga ishlov berish, chilpish kabi agrotexnik tadbirlarga masʼuliyat bilan yondashildi. Avvalgi yillarga nisbatan ancha qurgʻoqchil kelgan mazkur dehqonchilik yili suv kamchilligi, yozning oʻta issiq kelishi bilan paxtakorlarni jiddiy sinovlarga roʻpara qildi. Ana shunday murakkab sharoitda mehnat qilgan fermerlar, ijarachi dehqonlar  bugun dalalardagi hosil barakasidan koʻngillari toʻq, 2021-yilgi Amudaryo paxta karvonini otlantirdilar, sentyabr oyining ilk haftasidanoq yuksak paxta xirmonlari qad rostlay boshladi.

Ayni paytda 12 ming 430 gektar maydonda defoliatsiya ishlari sifatli yakuniga yetkazilmoqda. Paxta yigʻim-terimini koʻtarinki ruhda, uyushqoqlik va jipslik bilan amalga oshirish, terimchilar va koʻngilli hasharchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida terilgan paxtani qabul punktlariga tashish uchun 220 ta transport vositalari, 535 ta tirkama, terim surʼatini bir maromda olib borishni taʼminlash uchun 580 ta tarozi taxt qilib qoʻyildi.

Bundan tashqari, terimchilarning sifatli tushlik bilan muntazam taʼminlanishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun fermer xoʻjaliklari tomonidan 580 ta qozon-oʻchoqlar, 870 ta toza ichimlik suvi saqlash idishlari, 46 ming 532 tadan ziyod etaklar tayyorlandi.

Koʻrilgan barcha chora-tadbirlar, yaratilgan shart-sharoitlar tufayli, ayni kunda tumanimizdagi ilgʻor paxtachilik fermer xoʻjaliklarida yigʻim-terim mavsumi koʻtarinki ruhda olib borilmoqda. Xususan, Uyshin mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Nurullaboy” fermer xoʻjaligi paxtakorlari joriy yil yigʻim-terim mavsumini tumanda birinchilardan boʻlib boshlab yuborishdi.

Erta bahorda 78 gektar yerga “Sulton”, S-47-27 navli tezpishar paxta urugʻini ekkan xoʻjalik paxtakorlari “Amudaryo tex” klaster korxonasi bilan 134 tonna paxta topshirish yuzasidan shartnoma tuzishgan. Xoʻjalik dalalarida shartnomadagi rejani ortigʻi bilan bajarguday moʻl-hosil yetishtirildi.

Ayni kunlarda fermer xoʻjaligi dalalarida 60 nafar ijrachi bilan birga uyshinlik koʻngilli hasharchi-yoshlar kuniga umumiy hisobda 7-8 tonna paxta terishga erishmoqdalar. Terimchilar uchun dala boshida toza ichimlik suvi, koʻngilli tushlik qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, terimchilarning ish haqlari tarozi boshida hisob-kitob qilib borilmoqda. Bu esa terim surʼatining yanada yuqori boʻlishini taʼminlayotir.

Anvar Qoʻchqorov, Asenoy Xidirboyeva, Saparboy Xudoyberganov, Muyassar Murotboyeva, Muhabbat Shomurodova, Oʻgʻiljon Omonboyeva singari terimchilar kuniga 180-200, hatto 250 kilogrammdan paxta terib, fermer xoʻjaligi xirmonining yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.

- Maqsadimiz – yetishtirilgan hosilni kuzning izgʻirinli kunlariga qolmasdan sifatli yigʻib-terib, davlatga topshirish, - deydi fermer xoʻjaligi rahbari Madiyor Xidirov.

Biz ham lafzi halol amudaryolik paxtakorlarga kuch-quvvat, mashaqqatli ishlarida omadlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026