Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tajiyev iştirokida yiğiliş ötkazildi
Maʼlumki, Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-noyabrda «2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolagan edi.
Mazkur qaror Qoraqalpoğiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, şu jumladan işlab çiqariş va investitsiya salohiyatidan samarali foydalaniş, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmalarini yaxşilaş, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantiriş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş va turmuş darajasini oşiriş maqsadida qabul qilingan bölib, uning ijrosini taʼminlaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilning 15-sentyabr sanasida Amudaryo tumani hokimligida ötkazilgan yiğiliş mazkur qarorda belgilangan ustuvor yönalişlar borasida tumanda amalga oşirilgan işlar bilan tanişiş hamda mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida taşkil etildi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyev, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, korxona-taşkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar hamda banklar masʼullari iştirok etdilar.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tojiyev sözga çiqib, davlatimiz rahbari 2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning qator ustuvor yönalişlarini belgilab berganligi haqida töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, Prezident taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida barça sohalarni jadal rivojlantirişga oid 3-yilga möljallangan çora-tadbirlar işlab çiqilgan bölib, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi öziga xos «ösiş nuqta»si sifatida belgilab berildi. Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça tumanlarni yanada rivojlantiriş maqsadida uşbu «ösiş nuqtalari» böyiça tadbirkorlik subʼektlariga qator imtiyozlar berilişi körsatildi. Şuningdek, rivojlaniş darajasi past bölgan tumanlarda yangidan taşkil etiladigan sanoat korxonalariga 3-yil muddatga soliq va bojxona imtiyozlari berilişi belgilandi.
Aytiş kerakki, Amudaryo tumanida 2020-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş dasturi böyiça 76 ta loyihalar amalga oşirilişi hamda şu orqali 2571 ta yangi iş örinlari yaratilişi belgilangan bölib, sentyabr holatiga 60 ta, qiymati 88,9 mlrd.sömlik loyihalar amalga oşirilgan, natijada 2004 ta yangi iş örinlari yaratilgan.
Şundan sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça 15 ta, xizmat körsatişni rivojlantiriş böyiça 21 ta, qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça 24 ta loyihalar amalga oşirilgan.
Yiğilişda qator tadbirkorlarning sohada erişayotgan yutuqlari bilan bir qatorda muammo va kamçiliklari yuzasidan fikrlari tinglandi. Tadbirkorlik faoliyatiga tösiq bölayotgan muammolar tegişli masʼullar bilan kelişilgan holda bartaraf qilinadigan böldi.
Şuningdek, oçiq muloqot tarzida ötkazilgan yiğilişda senator Bahodir Tojiyev Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlarining faoliyatlari bilan tanişib, ularga aholi muammolari bilan işlaş borasida tegişli tavsiyalarni berdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶