Siyosat
👁 3,069
Özbekiston ğallakorlariga
Qadrli döstlar!
Ona Özbekistonimizning ravnaqiga ulkan hissa qöşadigan, har qaysi oilaning, el-yurtimizning rizq-rözini, dasturxonini tökin qiladigan, odamlarimizning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlaydigan, mirişkor dehqonlarimiz fidokorona mehnatining natijasi bölmiş ğalla xirmonining yildan-yilga oşib borayotgani barçamizni quvontiradi va ğurur-iftixor bağişlaydi, desam, siz, azizlarning, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bölaman.
Bugun dehqon va fermerlarimiz, barça dala mehnatkaşlarining peşona teri, oğir va maşaqqatli, şu bilan birga, şarafli mehnati evaziga qölga kiritilgan ğalaba bilan – mamlakatimiz qişloq xöjaligi tarixida ilk bor 8 million 50 ming tonnalik yuksak ğalla xirmoni bunyod etganingiz bilan sizlarni çin qalbimdan samimiy muborakbod etiş – men uçun katta baxt.
Mana şu quvonçli ayyomda bu misli körilmagan yutuqning mohiyati va qadr-qimmatini har tomonlama çuqur anglaş uçun bir vaqtlar, yaʼni, endigina mustaqillikka erişgan birinçi kunlarda davlatimiz omborlarida xalqimizni boqiş uçun faqatgina bir hafta-ön kunga yetadigan un qolganini, aytiş mumkinki, yurtimiz oçarçilik ostonasida, jar yoqasida turganini özimizga tasavvur qiladigan bölsak, biz qanday tahlikali va xatarli zamonni boşimizdan keçirganimiz va bugungi qölga kiritgan, haqiqatan ham buyuk marralarning bahosi va ahamiyati yaqqol ayon böladi.
Bu haqda gapirganda, avvalo, mana şunday yoruğ kunlarga yetkazgani uçun Yaratganimizga ming bora şukronalar aytişni ham qarz, ham farz, deb bilaman.
Şu örinda bu tarixiy yutuqning tub mohiyatini oçib beradigan baʼzi bir raqamlarni esga olişimiz tabiiydir.
Bundan 23-yil oldin biz 21 milliondan ziyod aholimizning ehtiyoji uçun zarur bölgan 5 million tonna ğallani çetdan, katta-katta mablağlar evaziga, kimlargadir muhtoj bölib, yalinib-yolvorib olib kelişga majbur edik.
Bugungi kunda esa biz 31 milliondan ortiq aholimizni öz donimiz, öz beminnat nonimiz bilan töla taʼminlabgina qolmasdan, balki çet elga ğalla eksport qiladigan mamlakatga aylandik. Ötgan davr mobaynida ölkamizda ğalla yetiştirişning umumiy hajmi 940 ming tonnadan 8 million tonnaga yetgani, örtaça hosildorlik gektariga 17 tsentnerdan 55 tsentnerga ösgani bizning bu sohada ilgari faraz qiliş ham qiyin bölgan, qanday ulkan taraqqiyot yölini bosib ötganimizdan dalolat beradi.
Aynan mana şu holatlarni qiyoslaganda, yuragimizdan ötkazganda, öylaymanki, har qaysi odam "Kim edigu kim böldik?” degan hayotiy haqiqatning çuqur maʼnosini takror va takror anglaydi, mustaqil taraqqiyotning töğri yölini tanlab olganimiz, xalqimizning fidokorona mehnati Özbekistonimizni bugungi kunda özgalar havas qiladigan bosqiçga kötariş uçun har tomonlama asos bölayotganiga işonç hosil qiladi.
Muhtaram yurtdoşlar!
Bu yilgi mavsum haqida gapirganda, qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan tub islohot va özgarişlar, birinçi navbatda fermerlik harakatiga keng yöl oçib, uning rivoji uçun barça şaroitlarni yaratib berganimiz, bu harakatning qişloqda çindan ham asosiy kuç bölib maydonga çiqayotgani, fermerlar, taʼbir joiz bölsa, jamiyatimizning tayanç ustuniga aylanib, dehqonlarimiz özini yerning, mulkning haqiqiy egasi deb his qilayotgani, öz mehnatidan manfaatdorlik tuyğusi ortib borayotgani biz qölga kiritgan ulkan yutuqning hal qiluvçi omili bölganini taʼkidlaş lozim.
Hammamiz şunga guvohmiz – joriy mavsum ötgan yillarga nisbatan oson bölmadi. Tabiat va iqlim qiyinçiliklari ğallakorlarimizning irodasini yana bir bor sinovdan ötkazdi. Qiş faslida sovuq va ayozli kunlar meʼyoridan ortiq bölgani, mart-aprel oylarining birinçi yarmida haroratning odatdagidan köra pasayib ketgani, ayrim hududlarda kuçli jala va döl yoqqani, suv taqçilligi, şamol va böronlarning salbiy oqibatlari, turli kasallik va haşarotlarga qarşi kuraşişga töğri kelgani – bularning barçasi dehqonlarimiz uçun jiddiy taşviş va muammolar tuğdirmasdan qolmadi.
Ana şunday murakkab şaroitda dala mehnatkaşlari avvalo işni töğri taşkil etiş, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalaniş, ota-bobolarimizning tajribasidan kelib çiqqan holda, ğallazorlarni mahalliy öğit bilan oziqlantirişga alohida eʼtibor qaratiş hisobidan hosilni saqlab qolişga va belgilangan marralarni egallaşga muvaffaq bölgani har qanday tahsinga sazovordir.
Mavsum davomida ğallazorlarga jami 12 million 700 ming tonna, har gektar maydonga örtaça 11 tonnadan ortiq mahalliy öğit berilgani, dehqonlarimizning har tup köçat ustida parvona bölib, özini ayamasdan mehnat qilgani, heç şubhasiz, sara don yetiştirişda muhim rol öynadi.
Sönggi yillarda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, selektsiya işlarini töğri yölga qöyiş, ğalla navlarini har bir hududning iqlim va tuproq şaroitini, suv bilan taʼminlaniş darajasini inobatga olgan holda joylaştiriş, zamonaviy texnika, yangi kombaynlar, mineral öğitlar, yoqilği-moylaş materiallarini öz vaqtida yetkazib beriş, fermer xöjaliklarini moliyaviy resurslar, avvalambor imtiyozli kreditlar bilan taʼminlaş, qişloq xöjaligi zararkunandalariga qarşi kuraşiş böyiça şakllangan aniq tizim asosida samarali olib borilgan işlar bugungi muvaffaqiyatga puxta zamin bölganini alohida qayd etiş örinlidir.
Ana şunday muhim çora-tadbirlar tufayli barça viloyatlar, jumladan, nisbatan oğir iqlim şaroitida bölgan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati dehqonlari ham ğalla tayyorlaş böyiça şartnoma majburiyatini muvaffaqiyatli bajarişga erişdilar. Farğona va Andijon viloyatlarida örtaça hosildorlik 62 tsentnerni, Samarqand viloyatida 61 tsentner, Buxoro va Namangan viloyatlarida 60 tsentner, Qaşqadaryo viloyatida 58 tsentner, Toşkent viloyatida 57 tsentner, Navoiy viloyatida 55 tsentner, Surxondaryo viloyatida 51 tsentnerni taşkil etganini bu yilgi mavsumning eng muhim natijasi sifatida baholaş lozim.
Bu borada boşqalarga örnak va namuna bölgan Toşloq, Oltiariq, Uçköprik, Vobkent, Pop, Uçqörğon, Iştixon, Ğijduvon, Uyçi, Peşku, Narpay, Pastdarğom, Paxtaobod, Qörğontepa, Şahrisabz, Xatirçi, Oltinköl, Döstlik, Karmana, Mirzaçöl, Yakkaboğ, Paxtakor, Navbahor, Yuqoriçirçiq, Kitob, Örtaçirçiq, Çinoz, Boyovut, Sirdaryo, Denov tumanlarida hosildorlik 60-70 tsentnerdan oşganini taʼkidlaş joiz.
Yurtimizdagi önlab fermer xöjaliklarida gektaridan 90-100 tsentnerdan hosil olingani dehqonlarimizning qanday ulkan işlarga qodir ekanini körsatadi. Şular qatorida biz bugun Kattaqörğon tumanidagi "Hosil”, Furqat tumanidagi "Ortiqali Ğaniyev”, Uçköprik tumanidagi "Farovon hayot sari”, Oltiariq tumanidagi "Xayrulla Bahrom Boymatov”, Iştixon tumanidagi "Asalçi Eldor”, Quva tumanidagi "Oltin diyor”, Buvayda tumanidagi "Yoqubjon ota”, "Özbekiston”, Navbahor tumanidagi "Oçilova Inobat”, Paxtaobod tumanidagi "Abdulaziz”, Karmana tumanidagi "Amir Ğolib kelajak”, "Savoltepa ravnaqi”, Yangiyöl tumanidagi "Sitoraxon”, Oltinköl tumanidagi "Gulgun diyor imkoni”, Jondor tumanidagi "Murod Rustam”, Qöştepa tumanidagi "Abdulhofiz Xalilov”, Ğijduvon tumanidagi "Fayz” kabi fermer xöjaliklarining nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.
Heç ikkilanmasdan aytiş mumkin, mana şunday jonbozlik va qahramonlik namunalarini körganda, eşitganda, ilgari ham aytgan bir fikrimni yana takrorlaşni joiz deb bilaman: dunyoda mehnatkaş insonlar juda köp, lekin oğir sinovlarda toblangan, öz fidoyiligi va matonati, çidamligi va olijanobligi bilan ajralib turadigan özbek dehqonlariga yetadigan, ularga teng keladigan odamlar kam, desam, ayni haqiqatni aytgan bölaman.
Ana şunday insonlar mehnatini har qança qadrlab, ularning dardu taşvişlari va ehtiyojlariga yaqin bölib, ularni doimo rağbatlantirib, xursand qilib, rozi qilib yursak, oçiq aytaman, şaxsan men özimni bearmon, baxtli odam deb his qilaman, desam, bu ham haqiqat böladi.
Şular haqida gapirganda, bu yil yetiştirilgan möl ğalla hosilining 5 million 117 ming tonnasi, yaʼni 60 foizi dehqon va fermerlarimiz, aholimiz ixtiyorida qoldirilganini alohida taʼkidlaş lozim. Xonadonlarimizga qut-baraka, farovonlik olib kiradigan bunday quvonçli holatni barçamiz dala mehnatçilarining öz işidan manfaatdorligi ortib, maşaqqatli mehnati munosib qadr topayotganining yana bir tasdiği sifatida qabul qilamiz.
Aziz döstlar!
Bugungi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalasi tobora ötkir muammoga aylanib borayotgani, maʼlumotlarga köra, hozirgi vaqtda yer yuzida 840 milliondan ortiq kişi töyib ovqatlanmayotgani taşviş uyğotmasdan qolmaydi. Mana şunday murakkab bir vaziyatda mamlakatimizda agrar sohada amalga oşirilayotgan, çuqur öylangan islohotlar hamda siz, hurmatli dehqon va fermerlarimizning samarali mehnati hisobidan biz xalqimizni asosiy oziq-ovqat, avvalo, don mahsulotlari bilan töla va işonçli tarzda taʼminlaşga erişganimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Bu haqiqatning amaliy ifodasini yaqinda Toşkent şahrida bölib ötgan "Özbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oşirişning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada dunyoning köplab mamlakatlari, jumladan, eng rivojlangan davlatlardan kelgan közga köringan olim va mutaxassislar, nufuzli xalqaro taşkilotlarning vakillari joylarda bölib, sizlarning faoliyatingiz bilan yaqindan tanişib bildirgan fikrlari misolida yaqqol köriş mumkin. Konferentsiya iştirokçilarining fermer xöjaliklarini jadal rivojlantiriş uçun ularga davlat tomonidan imtiyoz va preferentsiyalar beriş, qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarini qöllab-quvvatlaş böyiça Özbekiston tajribasini keng örganişga tavsiya etgani albatta hammamizga katta mamnuniyat yetkazadi.
Ayni vaqtda barçamiz yaxşi tuşunamizki, zamon talabi tobora ösib borayotgan hozirgi şaroitda faqatgina erişgan yutuqlar bilan çeklanib, kifoyalanib qolişimiz mumkin emas. Yurtimizda ğallaçilik bilan birga butun qişloq xöjaligi tarmoğini barqaror va izçil rivojlantiriş, bu boradagi işlarimizni yangi, yuksak bosqiçga kötariş böyiça hayotning özi oldimizga yangi-yangi vazifalar qöymoqda. Şular qatorida agrar soha samaradorligini yanada oşiriş, bugungi fermerlarimiz boşlagan ijobiy işlarni munosib davom ettira oladigan yangi fermerlar avlodini, fermer xöjaliklarini zamonaviy asosda boşqarişga qodir bölgan fermer-menejerlarni şakllantiriş kabi dolzarb masalalar doimiy eʼtiborimiz markazida turişi darkor.
Qadrli va muhtaram döstlarim!
Bugungi şodiyona kunda siz, aziz ğallakorlarimiz, dehqon va fermerlarimizni çin yurakdan qutlar ekanmiz, uluğ mutafakkir bobomiz Alişer Navoiyning olam ahlining töqligi ham, xursandçiligi ham avvalo yerga uruğ soçib, bebaho noz-neʼmat yetiştiradigan fidoyi insonlarning mehnatidandir, degan hikmatli sözlarini yana bir bor eslaymiz.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, siz, lafzi halol bobodehqonlar bunyod etgan yuksak ğalla xirmoni – bu avvalo tinç hayotimiz, musaffo osmonimiz, ezgu orzu-intilişlarimizning mustahkam poydevori, desak, yanglişmagan bölamiz.
Fursatdan foydalanib, omilkor dehqon va fermerlarni, mexanizator va kombaynçilarni, qişloq xöjaligi mutaxassislarini, bugungi ulkan hosilga munosib hissa qöşgan barça yurtdoşlarimizni bağrimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman.
Sizlarga öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, barça-barçangizga taʼzim qilaman.
El-yurtimizni, oila va xonadonlarimizni turli balo-qazolardan Yaratganimizning özi asrasin!
Halol mehnatingizning rohatini köring, doimo nondek aziz böling, qadrdonlarim!
Islom Karimov,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶