Jismoniy şaxslarga YaTT sifatida taksiçilik qilişga ruxsat berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev avtomobilda yölovçi taşiş faoliyatini tartibga solişga oid qaror imzoladi.
Qaror bilan, 2022-yil 31-dekabrgaça muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta örindiqli yengil avtotransportda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş huquqi berilmoqda.
Bunda quyidagi asosiy talablar qöyilgan:
haydovçi 21 yoşga tölgan, avtomobil esa işlab çiqarilganiga 10-yildan oşmagan bölişi;
avtomobil texnik xizmat körsatiş stantsiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik körikdan ötkazilişi;
haydovçi xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy körikdan ötişi lozim.
2021-yil 1-sentyabrdan boşlab, YaTT sifatida taksi faoliyati bilan şuğullaniş faqatgina mijozlarni izlaş böyiça interaktiv xizmat körsatuvçi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oşiriladi (masalan, Yandex Taxi).
Yakka tartibdagi tadbirkor – tadbirkorlik faoliyatini yuridik şaxs taşkil etmagan holda, mustaqil ravişda, öziga mulk huquqi asosida tegişli bölgan mol-mulk negizida, şuningdek, mol-mulkka egalik qiliş va (yoki) undan foydalanişga yöl qöyadigan özga aşyoviy huquq asosida amalga oşiruvçi jismoniy şaxsdir.
Xusniddin Ibodullayev,
Tuman dxm katta mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶