ÖzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça işonçli vakili saylovçilar bilan uçraşdi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston Liberal Demokratik partiyasidan prezidentlikka körsatilgan nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça işonçli vakili, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Oliy Majlis Senati aʼzosi Abatbay Daniyarov 7-oktyabr kuni Amudaryo tumani saylovçilari bilan uçraşdi. Tuman Madaniyat markazida bölib ötgan Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili bilan saylovçilar uçraşuviga bağişlangan tadbirni Özbekiston Liberal Demokratik partiyasi tuman Kengaşi apparat rahbari Madamin Kazakov oçdi va olib bordi.
Saylovçilar bilan uçraşuv davomida Abatbay Daniyarov prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi bilan uçraşuv tadbiri iştirokçilarini batafsil taniştirdi. Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan taşabbuslar, puxta öylangan rejalar, yangi ğoya va fikrlarga, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, ayniqsa, qişloqlar infratuzilmasini zamon talablari darajasiga kötariş, tibbiyot, taʼlim, energetika, madaniy-maʼrifiy, qişloq xöjaligi sohalari böyiça belgilangan ustuvor vazifalarga alohida töxtalib ötdi.
Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilanganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantiriş orqali dehqon va fermerlar daromadlari kamida 2 barobar oşirilib, uning yillik ösiş surʼatlari esa kamida 5 foizga yetkazlişi, qişloq xöjaligida davlat aralaşuviga barham berilib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinişi, dehqonlar uçun subsidiyalar ajratilişi, sohadagi klasterlar va fermerlar faoliyatini moliyalaştiriş va suğurtalaşning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy qilinişi közda tutilayotgani haqida taʼkidlab ötildi.
Bundan taşqari, nomzodning saylovoldi dasturida har bir yönalişda amalga oşirilişi közda tutilgan strategik maqsad va vazifalar aniq ifodalab berilgan. Xususan, 2030 yilga borib aholi jon boşiga töğri keladigan daromad 4 ming dollardan oşirilişi va mamlakatimizni daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoriga kiritiş, sanoat mahsulotlari hajmi va unumdorligini oşiriş uçun şaroit yaratilişi, raqamli iqtisodiyot asosiy “drayver” sohaga aylantirilib, uning hajmini kamida 2 yarim barobar oşirişga qaratilgan işlarni olib boriş kabi köplab strategik vazifalar xususida işonçli vakil tomonidan saylovçilarga töliq maʼlumotlar berildi.
Uçraşuv davomida sözga çiqqan Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini raisi Zebogul Rajabova, mehnat faxriysi Tursunboy Abdullayev, 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Yulduz Tursunboyevalar özlari istiqomat qilayotgan mahallalar, mehnat qilayotgan sohalarini, oilalar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan qamrovi keng işlar misolida sönggi yillarda hayotimizdan mustahkam örin olgan yangiliklar, ijobiy özgarişlar haqida gapirdilar hamda barçani 24-oktyabr – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunida Özbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Şavkat Mirziyoyevni qöllab-quvvatlaşga çaqirdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶