Qiliçboy ovulida boğdorçilik sohasi rivojiga bağişlangan seminar bölib ötdi
Mamlakatimizda qişloq xöjaligining barça sohalarini, şu jumladan, mevaçilikni jadal rivojlantiriş, tuproq unumdorligini, meva hosildorligini oşiriş, mahsulot sifatini yaxşilaş hamda ulardan qayta işlaş sanoatida tayyorlanadigan mahsulotlarni köpaytirişga, xalqimizning mevaga bölgan talabini töla qondirişiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Sohadagi samarali işlar natijasida mamlakatimizda boğdorçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari soni yanada ortib, aholining mevaga bölgan talabi va ehtiyojlari töliq qondirilmoqda. Şuningdek, mevalarning hosildorligini oşiriş, mahsulot sifatini kötariş hamda meva mahsulotini qayta işlab, ularni çet mamlakatlarga eksport qiliş borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Boğbon fermerlar meva yetiştirişda uning hosildorligini keskin kötariş, mahsulot sifatini yaxşilaş, quruq meva tayyorlaş hajmini oşiriş, aholini hamda qayta işlaş sanoatini xomaşyo bilan töliq taʼminlab, yuqori sifatli mahsulotni çetga çiqarişda tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Aytiş kerakki, boğdorçilikni yuqori poğonaga kötarişda fermerlarimiz ilm-fan yutuqlari va tavsiya etilgan texnologiyalarni öz vaqtida va yuqori agrotexnika darajasida amalga oşirişlari muhim ahamiyatga ega. Amudaryo tumani Qiliçboy ovulida taşkil etilgan seminar ham boğdorçilikni yanada rivojlantiriş maqsadiga yönaltirildi.
9-oktyabr kuni tuman fermer, dehqon xöjaliklari hamda tomorqa yer egalari kengaşi taşabbusi Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini binosida taşkil etilgan seminarda intensiv boğlar uçun ilğor texnologiyalar asosida mevali köçatlar yetiştiruvçi “Mevali Prants” – Özbekiston hududidagi ilk özbek-turk qöşma kompaniyasi ijroçi direktori Mansur Rahimov iştirok etdi. Şuningdek, seminarda tumandagi namunali tomorqa yer egalari, mehnatkaş dehqonlar, fermer xöjaliklari rahbarlari qatnaşdilar.
Seminarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholining qişloq xöjaligi, ayniqsa, boğdorçilik mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Boğlarni ilmiy-agrotexnik tadbirlar asosida parvarişlaş, yangilaş, intensiv boğlar barpo etiş, serhosil, ertapişar meva navlarini yaratiş har tomonlama qöllab-quvvatlanib, keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilayotganligi qayd etildi.
Şuningdek, boğdorçilik sohasida amalga oşirilayotgan ilğor texnologiyalar, yangi navlar, sohani yanada rivojlantirişning asosiy omillari haqida keng kölamli maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanişiça, boğlardan möl hosil olişda zarur bölgan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida yuqori darajada bajarilişi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Tuproq-iqlim şaroitlarining qulayligi, meva turlari va ajoyib navlarining mavjudligi, ulardan yuqori, möl va sifatli hosil oliş imkoniyatini beradi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶