ÖZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYaSIDAN PREZIDENTLIKKA NOMZODI KÖRSATILGAN MAQSUDA VORISOVANING IŞONÇLI VAKILI SAYLOVÇILAR BILAN UÇRAŞDI
Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ötkaziladigan sana tobora yaqinlaşmoqda. Barça partiyalar singari Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ham nomzodning saylovoldi tarğibot-taşviqot tadbirlarini taşkil etişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Şunday tadbirlar Amudaryo tumanida ham ötkazildi.
13-oktyabr kuni Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça işonçli vakili Xalillo Yeşimbetov saylovçilar bilan uçraşdi.
Tuman madaniyat bölimida bölib ötgan yiğilişda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston va tuman Kengaşlari masʼullari, mahalliy kengaş deputatlari, partiya faollari, saylov yoşidagi fuqarolar iştirok etdilar. Yiğilişni partiyaning tuman Kengaşi raisi Maqsud Saʼdullayev oçdi va olib bordi.
Maqsud Saʼdullayev mazkur uçraşuv Prezidentlikka nomzod – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisovaning faoliyati, uning Saylovoldi dasturi bilan taniştiriş hamda saylovçilar bilan oçiq, erkin muloqot qiliş maqsadida taşkil etilganini taʼkidlab ötdi. Şundan söng, nomzodning işonçli vakili partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Xallilo Yeşimbetov sözga taklif etildi.
Işonçli vakil, partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Xalillo Yeşimbetov uçraşuv iştirokçilariga ilk marta Saylov kodeksi asosida ötkazilayotgan Özbekiston Prezidenti saylovining mamlakat va xalq taqdiridagi ahamiyati, partiyaning saylovga tayyorgarlik jarayoni xususida maʼlumot berdi. Maʼruzada asosiy eʼtibor nomzodning saylovoldi dasturiga qaratilib, undagi ustuvor yönalişlar böyiça saylovçilarga batafsil tuşuntiriş berildi.

Maqsuda Vorisova xalq haqida ğamxörlik qiluvçi, odamlarning dard va taşvişlarini yurakdan his qiladigan partiya arbobi sifatida tanilganligi, nomzodning 9 ta ustuvor yönaliş va 115 banddan iborat Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, keltirilgan taşabbuslarni xalqni qiynab turgan muammolarning yeçimi sifatida köriş mumkinligi alohida eʼtirof etildi. Aholi manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan, kuçli ijtimoiy siyosat yuritiş asosiy yönaliş qilib olingan uşbu dasturdagi barça maqsad va ğoyalar xalq, jamiyat ravnaqiga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Işonçli vakil dasturda kam taʼminlangan, lekin, boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatning faol iştirokçisiga aylantiriş, yolğiz keksalar, ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar hamda özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan şaxslarning hayotiy ehtiyojlariga eʼtiborni kuçaytiriş taklif etilganini, “Muruvvat”, “Saxovat” va “Mehribonlik” uylari faoliyatini yanada yaxşilaş, “Mehribonlik” uylarini bitirib çiqqan yoşlarni uy-joy bilan taʼminlaş, işga joylaştirişning samarali mexanizmlarini joriy etiş böyiça aniq vazifalari ilgari surilganini qayd etib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqan Yoşlar agentligi mutaxassisi Umida Yangiboyeva, Nogironlar jamiyati tuman bölimi rahbari Nilufar Xolboyeva, tuman Kengaşi deputati Gulşod Yusupova, 31-sonli maktab öqituvçisi Nodira Yöldoşevalar nomzodning Saylovoldi dasturida mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettiriş, olib borilayotgan barça yönalişdagi islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oşiriş, aholi turmuş darajasini yuksaltiriş, demokratik özgarişlarni çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga qaratilgan eng muhim masalalar qamrab olinganligini eʼtirof etişdi.
Sözga çiqqanlar Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan yönalişlar va taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, barçani bölajak saylovda faol iştirok etişga, Özbekiston xalq demokratik partiyasi nomzodiga ovoz berişga çaqirdilar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶