Vatanim
(Qöşiq)
Bugun butun dunyolar
Öktamliging tanidi,
Bunyodkorlik, ijoding,
Körkamliging tanidi,
Uluğ izdihomlarda,
Hakamliging tanidi.
Naqorat
Ğururlardan yuragim
Jöşib borar,Vatanim,
Kundan-kunga qudrating
Toşib borar, Vatanim!
Jahon aro şuhrating
Oşib borar, Vatanim!
Erkin va yoş avlodning
Soçin silab, tarab qöy,
"Kim edigu kim böldik?” –
Yölingga bir qarab qöy.
"Elim” deb yonib yaşa,
Yurt koriga yarab qöy
Naqorat
Ğururlardan yuragim
Jöşib borar, Vatanim.
Kundan-kunga qudrating
Toşib borar, Vatanim,
Jahon aro şuhrating
Oşib borar, Vatanim!
Kel, ey könglim, elingga
Sen ham zör bir qanot böl,
Istiqloldan kuç olib,
Istiqbolga sabot böl,
Sajdagohim muqaddas,
Qöşiğim böl - bayot böl.
Naqorat
Ğururlardan yuragim
Jöşib borar, Vatanim!
Kundan-kunga qudrating
Toşib borar, Vatanim!
Olam aro şuhrating
Oşib borar, Vatanim!
Tursunboy Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶