28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:43
Siyosat 👁 290

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda

Maʼlumki, dunyodagi eng muhim demokratik jarayonlardan biri – bu saylovlardir. Oʻtkaziladigan har bir saylov jamiyat hayotining ertasini belgilab berishda beqiyos oʻrin tutadi. Chunki erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini demokratik saylovlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Ushbu jarayonda har bir davlat va jamiyatda xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon boʻladi. Shu sababli, mazkur siyosiy jarayonni qonun normalari va xalqaro standartlar asosida tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Mamlakatimizda joriy yil oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida barcha shart-sharoitlar, qulayliklar hamda imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ayni kunlarda Prezident saylovini oʻtkazish maqsadida tuzilgan barcha saylov uchaskalarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanidagi saylov uchastkalarida ham muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Saylov qonunchiligiga koʻra saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligi belgilangan boʻlib, muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Shundan kelib chiqib, 2021-yil 14-20-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari tashkil etilmoqda.

Aytish kerakki, qonunchilikda saylov kuni yashash hududida boʻla olmaydigan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish va axborot texnologiyalari orqali turgan joyda saylov uchastkasini boshqa hududdagi saylov uchastkasiga oʻzgartirish kabi qator imkoniyatlar mavjud boʻlib, muddatdan oldin ovoz berish huquqi saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchiga beriladi hamda saylovchi muddatdan oldin oʻzi munosib deb topgan nomzodiga ovoz beradi.

Ushbu jarayonning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 57-moddasida belgilab qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.

Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi. Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.

Qonunchilikka koʻra tumanimizdagi saylov uchastkalarida oʻtkazilayotgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar davom etmoqda. Shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini tashkil etishda saylovchilarning barcha karantin qoidalariga amal qilishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Saylovchilarning binoga kirishida tana harorati oʻlchanib, ularning himoya niqobi bilan taʼminlanganligi, ijtimoiy masofaga rioya qilishi nazorat qilinmoqda. Saylovchilarning qoʻllariga antiseptik vositalar sepilib, dezinfektsiya qilinmoqda.

Shu oʻrinda saylash huquqiga ega boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etib, oʻz konstitutsiyaviy burchlaridan foydalangan holda oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishga chaqiramiz.

Javohir Oʻrozboyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026