28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:43
Siyosat 👁 251

“Kuzatuvchilar va siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining huquq va majburiyatlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi

“Kuzatuvchilar va siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining huquq va majburiyatlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi

Mamlakatimizda muhim ahamiyatga ega boʻlgan, tarixiy, siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Preizdenti saylovini munosib oʻtkazish maqsadida, uni tashkil etishda ishtirok etuvchi masʼullarning saylov qonunchiligi borasidagi bilim, koʻnikma va malakalarini oshririshga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hududlarda saylov jarayonida ishtirok etuvchi kuzatuvchilar hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarining saylovga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida turli mavzularda oʻquv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 20-oktyabr sanasida Amudaryo tumanida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi tomonidan “Kuzatuvchilar va siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining huquq va majburiyatlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi.

Partiyaning saylov jarayonidagi munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan oʻquv-seminarda partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi va tuman kengashi masʼullari, tuman Adliya boʻlimi masʼullari, deputatlar, kuzatuvchilar, vakolatli vakillar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Oʻquv seminarda tuman Adliya boʻlimi bosh mutaxassisi, Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha hududiy trener Jamshid Bekimbetov “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusida maʼruza qildi.

Jamshid Bekimbetov oʻz soʻzida Prezident saylovining mamlakat siyosiy hayotidagi muhim ahamiyati, uning oʻziga xos jihatlari, Saylov kodeksi va saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati, saylov jarayonlarining ochiq va oshkoraligini taʼminlashda kuzatuvchilar va siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining tutgan oʻrni va ahamiyati, kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarining huquqiy maqomi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi bosh mutaxassisi Mirzaxmet Tajimuratovning «Kuzatuvchi va siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining huquq va majburiyatlari» mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Taʼkidlanganishicha, kuzatuvchi – tegishli tartibda beriladigan mandatga binoan saylov uchastkalarida hozir boʻladigan siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari hisoblanadi. Kuzatuvchilar hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari faoliyatining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonuni, “Siyosiy partiyalar va oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari toʻgʻrisida”gi Nizom hamda “Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisida”gi Nizom kabi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 34-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Tadbirda ishtirok etayotganlar oʻzlarining saylovga oid qator savollari bidan murojaat qildilar hamda masʼullar savollarga tegishlicha javob berdilar.

Fotima Eshimbetova, OʻzMTDP Amudaryo tuman kengashi ijrochi kotibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026