29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:28
Jamiyat 👁 2,620

BUGUN BIZ KIM BOʻLDIK – OZOD, HUR DAVLAT!

BUGUN BIZ KIM BOʻLDIK – OZOD, HUR DAVLAT!

Bozor toʻkin – el badavlat

"Bozori obodning eli obod”, - deydilar. Xalqimiz tilidagi "bozor toʻlmasa, xalq toʻymaydi”, - degan ibora ham bekorga aytilmagan. Chunki bozorlarimiz – avvalo xalqimizning ham maʼnaviy, ham iqtisodiy qiyofasi hisoblanadi.

Rivoyat

Shikorda charchagan bir shoh yaqin oʻrtadagi bozorga kirib, koʻnglini yozmoqchi boʻladi. Kirsaki, bozor molga toʻla. Mulozimlariga koʻngliga kelgan narsani keltirishni buyuradi. Mulozimlar shohning amrini ado etaman, deb toliqib qolishadi. Shunda shoh:

- Bu bozor ahlining barchasi mendan ham badavlat ekan, - degan xulosaga keladi.

- Nechuk? – hayratlanishadi mulozimlar. – Biz axir bu bozorda Siz hazrat kabi badavlat odamlarni uchratmadik, ularning barchasi sotuvchi va oluvchi (xaridor)lar edilar, - deyishadi.

- Sotuvchining molini oluvchi qancha koʻp boʻlsa, el-yurt farovon boʻladi, bozori obod elning turmushi ham obodonda, - deydi shoh sipolik bilan.

Haqiqat

Ana endi, azizlar, bizning Mangʻit bozorimizga bir boqing-da, amudaryoliklarning bugungi hayotiga baho beravering.

- Mangʻit bozorlarida joningga ne kerak – hammasi bor, - deyishadi respublikamizning turli hududlaridan tumanimizga kelib-ketguvchi mehmonlar.

Bozorimiz – maʼnaviyatimiz oynasi. Sababki, bunda otning taqasidan tortib, ixtirochi-tadbirkorlar tomonidan yaratilgan kichik motoblok yer haydash agregati-yu, bolalar mashinasigacha, tumanimiz bogʻlarining tarovatini oʻzida jam etgan quruq mevalardan tortib har donasi naq yarim kilo tosh bosguday, shirasi jonga darmon shaftoli-yu chanqovbosdi anorgacha bor. Keling, mazasini totib koʻring! Va bogʻini soʻrang!

- Qilichboy, - deydilar eng avval.

- "Oq oltin”, Qangli, "Choykoʻl”, Xitoy, "Chorbogʻ”... Eh-he, Siz soʻrayverasiz, yuzlab bogʻ-rogʻlar taʼrifini eshitasiz.

- Olmasangiz ham Qilichboyning gurvagidan totib keting, - deya marhamat qilgan dehqonning oldidagi turfa navli qovun-tarvuzlarning shirasidan totgan tillaringizdan ham sharbat toʻkiladi-yov!

- Haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari ham xuddi katta bozor kunidagiday savdo qilamiz, - deydi qilichboylik tadbirkor dehqon Tursunboy Yoʻldoshev. – Chunki aynan ana shu kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy, Boʻzatov, Nukus, Shoʻmanoy, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak tumanlaridan, hatto Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlaridan koʻplab yurtdoshlarimiz Mangʻit dehqon bozoriga kelishib, koʻplab meva-cheva xarid qilib ketishadi. Ularning kelishi bozorimizga ham, bizning savdomizga ham baraka kiritadi.

- Boshqa tumanlardan kelganlar meva-chevaning eng saralarini olib ketishsa, bozorimizda narx-navo oshib ketmaydimi?

- Aksincha, - oʻylashib olishganday javob berishadi sotuvchi-dehqonlar. – Olib kelgan mahsulotlarimiz tez sotilgan sari biz tomorqamizda yangi yetilgan mahsulotlarimizni bozorga olib chiqaveramiz. Birinchidan, molimiz isrof boʻlmaydi, ikkinchidan, daragiyam moʻlda, opa!

Ana, koʻrdingizmi! Mangʻit Dehqon bozorini sarhil mahsulotlar bilan toʻldirib, hatto tumanimiz xalqi ehtiyojidan orttirib, qoʻshni tumanlar xalqini ham meva-cheva, sabzavot va poliz mahsulotlari bilan taʼminlashning uddasidan chiqayotir bugungi tomorqa sohiblari. Bozorlarimizdagi bu toʻkinchilik elimiz hayotini ziynatlaganini aytmaysizmi?! Bugun xalqimiz bozorga shunchaki xarid uchun kirmaydi: olma-anorning eng sarxilini oladi, nashvati-yu gilosni, anjir-u shaftolini bir totib koʻrmasdan taroziga bosdirmaydi. Chunki – bozor toʻlib-toshgan, rastalarda eng sarxil mahsulotlar terilgan. Tanlashga, savdolashib xarid qilishga imkoniyat bor.

- Bunday toʻkin-sochinlikni, toʻgʻrisi, xalqimiz hech qachon koʻrmagan, dehqonlarimizga rahmat!

Bu xaridorning eʼtirofi, balki shukronasi, mustaqillik tufayli xalqimiz hayotiga kirib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish, yaxshilik, ezgulik tomon evrilish – Istiqlol haqiqatlari!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026