29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 20:11
Siyosat 👁 2,497

Tinch va osoyishta yurtda istiqlol tantanasi

Tinch va osoyishta yurtda istiqlol tantanasi

Bugun jannatmakon yurtimizning har bir goʻshasi bayram ogʻushida. Xalqimiz mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligini katta shodiyona bilan, koʻtarinki kayfiyatda qarshi olmoqda.

Shunday faraxbaxsh kunlarda bizga istiqloldek ulugʻ neʼmatni ato etgani, xalqimizni turli balo-qazolardan omon saqlab, yorugʻ kunlarga yetkazgani uchun har birimiz Yaratganga shukronalar aytamiz.

Shu oʻrinda, istiqlolning oʻz-oʻzidan kelmagani, Vatan ozodligi asrlar davomida ota-bobolarimiz uchun eng ulugʻ orzu boʻlib, bu yoʻlda yurtning minglab fidoyi oʻgʻlonlarining qoni toʻkilganini eslamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutadigan qutlugʻ kundir.

Mustabid tuzum barham topganidan keyin mamlakatimizda yuzaga kelgan juda qaltis iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy vaziyatni bartaraf etish yoʻlida muhtaram Yurtboshimiz tomonidan uzoqni koʻzlab barcha sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, boshiga tushgan murakkab sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib oʻtgan xalqimizning mustahkam irodasi, gʻayrat va shijoati tufayli mamlakatimiz mustaqilligi mustahkamlandi.

Bugungidek sururli damlarda oʻz-oʻzimizga "Biz kecha kim edigu bugun kim boʻldik?” degan haqli savolni berib, bundan 23-yil oldingi va bugungi kunimizni solishtirar ekanmiz, toʻgʻri belgilab olgan oʻzimizga xos rivojlanish yoʻlimiz, xalqimizning istiqlol gʻoyalariga sadoqati, halol va fidokorona mehnati natijasida mustaqillik yillarida ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilayotganining guvohi boʻlamiz. Bugun dunyoda oʻzbek degan millat, Oʻzbekiston degan davlat borligini, uning qisqa davrda ulkan rivojlanish yoʻlini bosib oʻtganini, yurtimizning kuch-qudrati, salohiyatini butun dunyo tan oldi.

Istiqlol yillaridagi oʻzgarishlarning eng kattasi odamlarimiz ongida, dunyoqarashida roʻy berdi. Bugungi oʻzbekistonliklar oʻtgan asrning 90-yillaridagi boqimandalik kayfiyatidagi odamlar emas. Ular erkin va obod yurtda tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetib, mustaqillikni mustahkamlash, obodlik va bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshishdek ulugʻvor maqsadlar bilan yashamoqdalar, mehnat qilmoqdalar. Ularda oʻz yurtining kelajagiga, oʻzining ertangi kuniga ishonch, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi mujassam. Ana shunday fidoyi el mehnatidan Vatan ravnaq topmoqda, yuksalmoqda.

Yurtimizning moʻʼjaz goʻshasi boʻlmish Amudaryo tumanida ham bunday oʻzgarishlar, yangilanish va yuksalishlar kun sayin boʻy koʻrsatmoqda. Shahar-u qishloqlarimiz, mahalla-yu koʻchalarimiz, hovli va xonadonlarimiz obodlik sari yuz tutib, fayzli maskanlarga aylanmoqda.

Amudaryoliklar joriy "Sogʻlom bola yili”da ham eng ulugʻ va eng aziz bayramni katta mehnat zafarlari bilan qarshi olmoqda. Istiqlol bayrami arafasida yirik sanoat loyihasi - "Amudaryotex” xorijiy korxonasi ilk mahsulotini bera boshlagan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi sohasi ilgʻorlari pilla va gʻalla yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini Respublikamizda birinchi boʻlib bajarishdi va eng masʼuliyatli palla – paxta yigʻim-terimi arafasida turibdi. Ishonamizki, paxtakorlarimizning va butun xalqimizning hamjihatlikdagi mehnati samarasi sifatida yaqin kunlar ichida 40 ming tonnadan ortiq yuksak xirmon bunyod etiladi va bu ham istiqlolimizning 23 yilligiga katta tuhfamiz boʻladi.

Quruvchilarimizning fidoyi mehnatlari tufayli bayram arafasida 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, qator taʼlim maskanlari yangidan qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarimizning oʻz mablagʻlari hisobidan ovul va mahalalarimizda ijtimoiy-madaniy va tadbirkorlik obʼektlari qurib bitkazilmoqda.

Taʼlim, sogʻlikni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishdagi boshqa sohalarda ham istiqlol bayramiga tuhfa etgulik yutuqlarimiz bisyor.

Ushbu sururli damlarda "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, goʻzal Oʻzbekistonim!” degan shiorni dillariga jo qilib, istiqlolimizning 23 yillik bayramini koʻtarinki ruhda nishonlayotgan amudaryoliklarni yana bir marta eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026