“QOR MALIKASI” OÇIQ TURNIRI ÖTKAZILDI
Badiiy gimnastika – olimpia sport turlaridan biri bölganligi tufayli unga mamlakatimizda ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Öz oldlariga ezgu maqsadlar qöyib, yuksak marralarni közlab uşbu nafis sport turi bilan şuğullanayotgan yoşlar, ösmirlarning mahoratlarini sinovdan ötkazib boriş maqsadida turli musobaqalar ötkazib kelinmoqda.
21 dekbar kuni Amudaryo tumani Bolalar-ösmirlar sport maktabida Yangi yil bayrami oldidan sportning badiiy gimnastika turi böyiça “Qor malikasi” deb nomlangan oçiq birinçilik ötkazildi.
Musobaqada Amudaryo va Beruniy tumanlaridan 50 nafar mahoratli badiiy gimnastikaçi qizlar özaro bellaşdilar. 1-sonli maktab sport zalida bölib ötgan musobaqaning oçilişi xuddi bayram tusini oldi. Iştirokçilar maktab ostonasida tantanali suratda qarşi olindi. Ular sport zalga yiğilib bölişgaç, saf tortdilar.
Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori örinbosari Maxsud Kenjayev musobaqa iştirokçilarini Yangi yil bayrami bilan qutlab, bellaşuvlarda omad yor bölişini tiladi. Sport maktab uslubçilari Bahrom Soatov, Zokir Yöldoşevlar ham barçani umrimizda yangi sahifa oçayotgan Yangi yil bilan qutladilar.
Şundan söng musobaqalarga start berildi. Unda 2007-2017-yillar oraligida tuğilgan yoş gimnastikaçi qizlar navbatma-navbat öz mahoratlarini namoyiş etişdi. Katta yoşdagi qizlar 4 xil - xalqa, lenta, koptok, bulava kabi buyumlarda, kiçik yoşdagi qizlar esa buyumsiz, tana harakatlari bilan öyin körsatdilar.
Aytiş kerakki, Amudaryo tumani Bolalar-ösmirlar sport maktabida, umumiy örta taʼlim, maktabgaça taʼlim muassasalarida gimnastika tögaraklari taşkil etilgan bölib, ularda tajribali murabbiylar yoşlarga bu nafis sport turi mahoratlarini örgatişmoqda.
Badiiy gimnastika tögaraklarida şuğullanib, texnik mahorat va musiqa sadolari ostida murakkab tana harakatlarini turli buyumlardan foydalangan holda ifodali bajarib, kuçi, egiluvçanligi, sakrovçanligi, tezkorligi, muvozanatni tuta bilişi va çidamliligini namoyiş etayotgan iqtidorli qizlar safi tobora kengaymoqda.
Ularning sport tayyorgarligidan közlagan asosiy maqsadi – mamlakat birinçiligi, jahon çempionatlarida, nufuzli xalqaro musobaqalarda iştirok etiş va ğoliblikka erişib, mamlakatimiz va tumanimiz sport şarafini yuksaltirişga hissa qöşişdir.
Oçiq birinçilik davomida tajribali badiiy gimnastika murabbiylaridan tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari iştirokçilar bajargan maşqlarni odilona baholab bordilar.
Amudaryo tumani Bolalar-ösmirlar sport maktabi tomonidan taşkillaştirgan “Qor malikasi” deb nomlangan oçiq birinçilikda ğolib bölgan sportçi qizlar diplom, medal va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Oçiq turnir iştirokçilarni öz ustlarida yana ham qunt bilan işlab, mahoratini oşirib borişga rağbatlantirdi, öz maşğulotlariga nisbatan masʼuliyatni yanada oşirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶