MITTI QIZALOQNING ULKAN YuTUQLARI
Prezidentimiz rahnamoligida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
Bu jarayonda qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, isteʼdod va salohiyatini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻzining yuksak samaralarini berayotir. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan yoshlar talaygina. Zilola Salayeva ham mana shunday yoshlarlardan biri. Zilola yosh boʻlishiga qaramay, sportning badiiy gimnastika turi bilan shugʻullanib kelayapti. Ilk gimnastika saboqlarini ustozi Mohira Berdiboyevadan oldi.
Zilola Mangʻit shahridagi 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi, badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. U joriy yilda Nukus shahar 1-sonli Bolalar –oʻsmirlar sport maktabi ochiq birinchiligida faxrli 3-oʻrinni egalladi. Bu jajji qizaloqning ilk yutugʻi edi.
Respublikamizda xotin-qizlarning sogʻligʻi haqida qaygʻurish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin keng qamrov kasb etmoqda.Bu yosh sportchi qizlar erishayotgan muvaffaqiyatlarda ham yaqqol namoyon boʻlayotir. Xususan, Zilola Samarqand shahrida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada faxrli 2-oʻrinni egalladi va diplom , sovgʻalar bilan taqdirlandi.

-Gimnastika bilan shugʻullanayotganimga koʻp boʻlmadi, lekin gʻalabaga boʻlgan ishonchim, musobaqa shohsupasiga yetakladi, – deydi Zilola Salayeva – Buning uchun murabbiylarimga tashakkurimni izhor etaman.
U yosh toifasida bir qancha yutuqlarga erishdi. Beruniy tumanida “Gimnastika malikalari” deb nomlangan musobaqada 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va “Gimnastika malikasi” eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Mitti qizaloqning orzulari esa yanada yuksak.
Surayyo Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶