Harbiy qismda sayyor qabul oʻtkazildi
Yurtimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyalanishida amaliy yordam koʻrsatish, oilalarining bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida muntazam ravishda soha mutasaddilarining sayyor qabullari oʻtkazilib boriladi. Qabullardagi murojaatlar asosida muammolar oʻrganilib, ularning bartaraf etilishiga yaqindan koʻmak beriladi.
Amudaryo tumanida ham Nukus harbiy prokurori tashabbusi bilan hududdagi harbiy qismlar xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini oʻrganish boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi.
21-yanvar kuni Davlat xavflik xizmatiga qarashli harbiy qismda boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda Nukus harbiy prokurori Faxriddin Begashev, harbiy qismlar komandirlari ishtirok etdilar. Shuningdek, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis Gavhar Chimboychiyeva, Bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimi Jumaboy Rajabov, Tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari Xidirboy Tajimov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari qatnashdilar.
Mutasaddi tashkilot vakillari va harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari jalb etilgan ushbu sayyor qabulda harbiy prokuror Faxriddin Begashev dastlab sohadagi oʻzgarishlar, yangilanish va islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, mamlakatimizda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Harbiy qismlar komandirlari ham harbiy xizmatchilarga davlatimiz tomonidan berilayotgan turli imtiyozlar boʻyicha keng tushunchalar berdilar. Harbiylar doimiy ravishda yangi xizmatni oʻtash joylariga, shu jumladan, iqlim sharoitlari ogʻir boʻlgan uzoq garnizonlarga koʻchib oʻtishi natijasida, ularning farzandlari taʼlim muassasalarini doimiy ravishda oʻzgartirib turishi, mazkur holat esa ular tomonidan olinayotgan bilimlar sifatiga taʼsir koʻrsatishi, shuningdek, uy-joyga, tibbiy xizmat va boshqa narsalarga boʻlgan ehtiyojlari davlat tomonidan eʼtiborga olingani, shunga koʻra harbiy xizmatchilarga alohida imtiyozlar berilganini eʼtirof etdilar.
Sayyor qabul davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga sogʻliqni saqlash, kommunal muammolar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Undan tashqari, mutasaddilar tomonidan uy-joy subsidiyasi, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, ipoteka kreditlarini olish boʻyicha koʻplab savollarga javob berildi.
Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlari oʻrganilib, ularga amaliy koʻmak berish choralari koʻrildi. Qabul jarayonda harbiy xizmatchilar, soha pensionerlari va ularning oila aʼzolari tomonidan ishga joylashish borasida, uy-joy bilan taʼminlanish masalasida, maktabgacha taʼlim muassasalariga farzandlarini joylashtirish va boshqa mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga koʻra maktabgacha taʼlim, tibbiyot, bandlikka koʻmaklashish, roʻyxatga qoʻyish kabi qator masalalarga tegishli sohalar mutasaddilari bilan birgalikda yechimi izlandi. Aksariyat muammolar shu yerning oʻzida hal qilindi. Qoʻshimcha muddat talab etiladigan masalalarni qisqa vaqt ichida hal qilish haqida koʻrsatmalar berildi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶