GRIPP KASALLIGI VA UNING ASORATLARI
Gripp – bu ötkir yuqumli, havo-tomçi yöli orqali ötuvçi, asosan yuqori nafas yöllarini zararlovçi kasallik bölib, butun dunyo böyiça har yili gripp epidemiyasi kuzatiladi.
Gripp virusi asosan havo-tomçi yöli orqali – gaplaşganda, yötalganda va aksa urganda bemordan soğlom odamga yuqadi. Şuningdek, virus iflos qöl va buyumlar orqali ham yuqişi mumkin. Çunki, telefon, eşik tutqiçi, stol yuzasiga tuşgan viruslar 2-8 soat mobaynida öz faolligini saqlab qoladi.
Kasallik tösatdan boşlanganda harorat 38-40 darajagaça kötariladi, quvvatsizlik, boş oğrişi va muşaklarda, köz olmalarini bosganda va ular harakatlanganda oğriqlar, tomoq qurişi va qiçişi, burun bitişi va quruq yötal kuzatiladi.
Mabodo, kasallik yuqsa, uyda qolib, yotoq tartibiga rioya qiling va hududiy şifokorni uyga çaqiring, tana harorat 38 darajagaça bölganda tuşirmang, bu organizmda virusga qarşi himoya hujayralarining işlab çiqariliş körsatkiçi hisoblanadi. Şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, qölingizni tez-tez sovunlab yuving, oğiz va burningizni yötalganda va aksa urganda yoping. Xonani muntazam şamollatib turing. Şaxsiy soçiq va idiş-tovoqlardan foydalaning. Iloji boriça köproq suyuqlik içing, iliq çoy, kompot, şarbatlar, naʼmatak va har xil ötlardan damlamalar qabul qiling.
Keksa yoşdagi odamlar, maktabgaça yoşda bölgan bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklari bor insonlar, tez-tez ötkir respirator kasalliklar bilan oğriydigan bemorlarda kasallik asoratli keçadi.
Kasallikning oldini oliş uçun qölni sovun bilan yuviş yoki nam tozalovçi salfetkalardan foydalaniş zarur. Bundan taşqari, xonani, ayniqsa, jihozlarning yuzasini nam latta bilan artiş, tez-tez xonani şamollatib turiş şart.
Bemorlardan uzoqroq böliş, odam gavjum böladigan tadbirlarga bormaslik, infektsiya yuqiş xavfini kamaytiriş uçun 4 qavatli doka taqiş zarur.
Yodingizda bölsin!
Grippni oyoqda ötkazib bölmaydi, öz bilgança davolaniş mumkin emas. Öz vaqtida şifokorga murojaat qiliş va davolaşni erta boşlaş kasallikning asoratlari – bronxit, zotiljam, otit, miya töqimasi va qobiqlarining şamollaşi, yurak, buyrak va boşqa içki organlar zararlanişining xavfini kamaytiradi.
J.Yavqaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi
ASTTKK va JFO bölimi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶