Keça va bugun
Tarixning yelkasi yolğondan yağir,
Yolğonni rad etgan haqiqat sağir.
Öylasam, örtanib ketadi bağir,
Hurlik, deb jon bergan bobolarimni.
Dinni xurofot deb taşladi ötga,
Ayovsiz xörliklar yöllaşib yurtga.
Tiz çöktirsa netay, begona, yotga,
Tili suğurilgan bolalaringni.
Qandoq unutayin, ölib-tirilib,
Olti milyon tonna paxta terilib,
Ğaznalar tölganda çetga surilib,
Oh, tortgan elimning nolalarini.
Tarixda afğonlar qoldi Afğondan,
Ön sakkizda sölgan yor-u jahondan.
Unutmoq osonmas dard-u fiğondan
Bellari bukçaygan onalarimni.
Keça biz kim edik?
- Kulfatga botgan,
Erksizlik domida ğaflatda qotgan,
Aytsam, tilim kuyar ğurbatda yotgan,
Içdan fido bölgan donolarimni.
Bugun biz kim böldik?
- Buyuk mamlakat -
Dunyoga öz sözin aytguvçi millat.
Tinç-totuv, qon-qardoş uluğ saltanat -
Köring, OZODLIKning maʼvolarini.
Har köngil köşkida Istiqlol nazmi,
Özgariş, intiliş – Istiqbol azmi.
Mehrdan rang olgan BAXT-IQBOL bazmi
Quçib yotar Vatan samolarini.
Tarix sahfasida zarhal satrlar:
dunyoga soçilmiş xuşböy atirlar.
Tinçlik neʼmatidan osmon bağirlar,
Çaling-yey, Istiqlol navolarini!Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶