Madaniyat
👁 2,630
YoSh MUSIQAChILAR YuTUGʻI
Mangʻit shahridagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 7 ta boʻlim mavjud boʻlib, ularda jami 113 nafar oʻquvchi sanʼat va musiqa sirlarini oʻrganishadi.
Ushbu maktabning bir guruh oʻquvchilari shu yilning mart oyi oxirida Nukus shahrida akademik cholgʻular boʻyicha Qoraqalpogʻiston miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda faol ishtirok etishib, yaxshi natijalarga erishdilar. Jumladan 1 oʻquvchi skripka, 1 oʻquvchi fortepiano,1 oʻquvchi truba cholgʻularini chalish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, diplom bilan taqdirlandilar va koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶