MADANIYaT VA SANʼAT SOHASINI RIVOJLANTIRIŞGA DOIR PREZIDENT QARORI MAZMUN-MOHIYaTI TUŞUNTIRILDI
Tuman Madaniyat bölimida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatr hamda tsirk sanʼatini rivojlantiriş boşqarmasi rahbari örinbosari Mahmud Aytniyazov rahbarligida yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda tuman Madaniyat bölimi boşliği Şuhrat Yusupov, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoş Abdalov, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Ahmad Jumaboyev, Xalq taʼlimi bölimi masʼullar hamda musiqa va sanʼat maktablari öqituvçilari, Madaniyat bölimi xodimlari iştirok etdilar.
Yiğilişga taşrif buyurgan Madaniyat vazirligi masʼuli Mahmud Aytniyazov Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi Qarori mazmun-mohiyatini tuşuntirdi.
Qarorda aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam oliş xizmatlari körsatiş darajasini oşiriş, respublikaning barça hududlarida teatr, tsirk va boşqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert-tomoşa tadbirlarini tizimli ravişda yölga qöyiş, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş kabi maqsadlar közlangan.
Şu bilan birga taʼlim muassasalarini milliy çolğu asboblari, musiqa darsliklari, notalar töplamlari va öquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlaşning yaxlit tizimini yaratiş körsatilgan. Şuningdek, 2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturiga muvofiq tegişli çora-tadbirlar belgilangan.
Unga köra endilikda 2022-2023 öquv yilidan boşlab, taʼlim muassasalarida öquvçi va talabalarning musiqiy bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida milliy musiqa çolğularidan kamida bittasida kuy ijro etiş könikmalari örgatiladi. Şu maqsadda musiqa fani uçun haftasiga belgilangan bir öquv soati hamda unga qöşimça ravişda har hafta milliy musiqa çolğularida kuy ijro etiş amaliy tögaraklari va fakultativ darslari ötkaziladi. Şunga köra musiqa fani öqituvçilari uçun milliy çolğulardan kamida bittasida, 2023-2024 öquv yilidan boşlab esa kamida uçtasida kuy ijro etiş mahoratiga ega böliş majburiy hisoblanadi.
Undan taşqari, Qarorda umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida Özbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bölimlari tomonidan boşqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy kontsertlarini ötkaziş yölga qöyilişi, bu boradagi vazifalar batafsil körsatilgan. Umumiy örta taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlari 2022-2024-yillarda 3 tadan milliy musiqa çolğulari töplamlari bilan taʼminlaş, har yili öquvçilar va talabalar örtasida “taʼlim muassasasi – tuman – viloyat – respublika” kesimida madaniyat va sanʼat sohasidagi respublika körik-tanlovlari taşkil etiş belgilangan.
Yiğiliş davomida mazkur çora-tadbirlarni amalga oşirişga doir vazifalar belgilab olindi. Şuningdek, soha xodimlarining Qarorga köra bajarilişi lozim bölgan vazifalar, yölga qöyiladigan tadbirlarga doir savollariga batafsil javoblar berildi.
Nasiba Eşçanova, tuman Madaniyat bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶