28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:31
Salomatlik 👁 577

SOGʻLOM TURMUSh TARZINI TARGʻIB QILIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

SOGʻLOM TURMUSh TARZINI TARGʻIB QILIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Salomatlikni asrash va mustahkamlashning yagona yoʻli bu – sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir. Sogʻlom turmush tarzi esa insonning hayoti, salomatligi xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi koʻnikmalarga ega boʻlish asosida hayot faoliyatini yoʻlga qoʻyishi hisoblanadi.

Bu borada keng tushunchalar berish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligining aholi sogʻlom turmush  tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Qoraqalpogʻiston  hududiy  boʻlimi  shifokorlari  Guloyim Shrazova, Venera Davletmuradova va Amudaryo tumani Tibbiyot  birlashmasi masʼul shifokorlarining aholi bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

18-fevral kuni Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda fuqarolarga kundalik hayotda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli kasalliklardan himoyalanish, sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga eʼtibor qaratish borasida maʼruzalar qilindi. Asosiy mavzu, yaʼni inson hayotida sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish, piyoda yurishning foydasi, salomatlikni saqlashda toʻgʻri nafas olish mashqlarining ahamiyati boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, sport bilan muntazam ravishda shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, zararli odatlardan voz kechish, kun tartibiga, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, toza havoda sayr qilish kabilar sogʻlom turmush tarzining asosi hisoblanadi.

Sogʻlom turmush tarzi, bu – har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. Sogʻlom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib oʻtish, hayot qiyinchiliklari oldida oʻzini yoʻqotmaslikka oʻrganadi.

Mutaxassislar muayyan shaxsning salomatligi birinchi navbatda uning hayot tarziga, ana shu turmush tarzi elementlariga ongli yondoshishiga bogʻliqligini eʼtirof etishdi. Sogʻlom turmush tarzining har bir yoʻnalishini takomillashtirishga harakat qilib borish kerakligini, buning uchun oilada sogʻlom turmush tarzi va sihat-salomatlikni saqlash, jismonan barkamollikka erishish toʻgʻrisidagi qoʻllanmalarni oʻqish, teledasturlardagi salomatlik va jismoniy barkamollik mavzusidagi koʻrsatuvlarni muntazam koʻrish, shu sohaga aloqador bilimlar doirasini kengaytirish va tibbiy savodxonlikni oshirib borish lozimligi toʻgʻrisida batafsil soʻzlab oʻtishdi.

Maʼruzalardan soʻng mutaxassislar tomonidan fuqarolarning yuqumli kasalliklarning turlari, ulardan himoyalanish, vaktsinatsiyaning ahamiyati toʻgʻrisida berilgan savollarga toʻliq javoblar berildi.

Tadbir davomida  82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchilari ishtirokida  nafas olish mashqlari texnikasi koʻrgazmali ravishda koʻrsatib berildi. Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari, mahalla fuqarolari bilan birgalikda sogʻlomlashtirish mashqlari bajarildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga  gripp, oʻtkir respirator virusli infektsiya kasalligi va uning yuqish yoʻllari, aholi oʻrtasida koronavirus kasalligining oldini olish tadbirlari, jismoniy faollik, sogʻlom ovkatlanish, shaxsiy gigiyena, sogʻlom boʻlishning oddiy qoidalari, immunitetni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar qayd etilgan buklet va eslatmalar tarqatildi.

Jumaboy Yavkashev, TTB ASTTKK va JFO boʻlimi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026