Qişloq xöjaligida bahorgi agrotexnik tadbirlar böyiça seminar ötkazildi
Bahor fasli qişloq xöjaligida eng muhim pallalardan sanaladi. Yerlarni ekişga tayyorlaş va uruğ qadaş kabi dolzarb yumuşlar amalga oşiriladigan uşbu davr dehqonlardan doimgidan-da köproq mehnat qilişni, har bir daqiqani ğanimat bilişni talab etadi.
Bu borada fermerlarga yöl-yöriq va tavsiyalar beriş maqsadida 1-mart kuni Amudaryo tumaniing Çoyköl ovulida körgazmali seminar bölib ötdi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Daryabay Qaypov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Anvar Yöldaşev, tuman hokimi örinbosari Islombek Matkarimov, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov hamda tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etişdi.
Seminarda yerlarning şörini yuviş, kartoşka ekiş tartibi hamda 2022-yilda ğalla yetiştiriş böyiça agrotexnik tadbirlarning bajarilişi kabi muhim masalalarda fermer xöjaliklari masʼullariga tavsiyalar berildi.
Körgazmali seminarda sözga çiqqan mutaxassislar avvalo şörlangan yerlarni yuviş işlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş ekinlarning ösişi, rivojlanişi va möl hosil berişi uçun katta ahamiyat kasb etişini taʼkidlaşdi. Şuning uçun tuproqdagi zararli va ortiqça miqdordagi tuzlarni çiqarib taşlaş hamda sizot suvlarining minerallaşganligini kamaytiriş dolzarb vazifa ekanligini qayd etdilar.
Seminarda kartoşka yetiştirişning öziga xos usullari va tanlanişi lozim bölgan uruğ navlari haqida ham maʼlumotlar berildi. Maʼlumki, yurtimizda ertagi kartoşka fevral oyi oxiri va mart oyi boşlarida ekiladi. Kartoşka ekişni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oşiriş nihoyatda zarur tadbirlardan biri bölib, uşbu amallar hosil taqdirini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Fermer xöjaliklari rahbarlariga bu borada ham ilmiy asoslangan tavsiyalar bayon qilindi.
Bundan taşqari seminar iştirokçilariga yer maydonini çigit ekiş işlariga sifatli tarzda tayyorlaş, ekiş mavsumi oldidan mineral öğit, dorilangan sifatli uruğlik zaxirasini yaratiş, ekiladigan maydonlarni meʼyorida suğorişni taşkil etiş böyiça alohida tuşuntirişlar berildi.
Seminarda sözga çiqqanlar yerlarni ekişga sifatli tarzda tayyorlaş möl hosil olişning muhim şartlaridan biri ekanligi, bu borada yangi zamonaviy usullar, texnologiyalar va ilmiy xulosalardan foydalaniş lozimligi haqida fikr bildirişdi. Şu bilan bir qatorda uşbu vazifalarni tezkorlik bilan, tizimli ravişda amalga oşiriş böyiça fermerlarga topşiriq va tavsiyalar berildi. Şuningdek, endi har bir fermer yer bilan işlaşda ilm-fanga tayanişi, kerakli mineral öğitlar meʼyorlariga qatʼiy rioya qilişi lozimligi alohida taʼkidlandi.
Seminar davomida mutaxassislar kuzgi buğdoy parvarişida eʼtibor qaratilişi lozim bölgan muhim jihatlarga ham töxtalib ötdilar. Fermerlar ham özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶