28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:06
Siyosat 👁 29,973

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida bayram tadbiri oʻtkazildi

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida bayram tadbiri oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

Ayol! Uning taʼrifiga soʻz mulki ojiz. U avvalo farzandlarini mehri ardogʻida avaylab, yurt koriga yaraydigan qilib voyaga yetkazuvchi fidoyi ona, el-yurtimiz tinchligi-totuvligi uchun, farovonligi uchun kurashuvchi matonatli inson, oilalarni va demakki, koʻngillarni nurafshon etuvchi muqaddas zot! Shu  boisdan ular doimo davlatimiz gʻamxoʻrligida, eʼzozida.

Shu sababli ham mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida koʻlamdor  ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzlarining samarali  mehnatlari bilan oilalarning shakllanishiga, farovonligi oshishiga munosib hissa qoʻshayotgan ayollar turli unvonlar va davlat mukofotlari, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanib kelmoqda. Barcha jabhalarda fidoyilik qilayotgan ayollarning mehnati munosib baholanmoqda. Shuningdek, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratilayotir.

Har yili mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan turli sohalarning ilgʻor ayol-qizlariga alohida ehtiro koʻrsatilib, eʼzozlanadi.

7-mart kuni amudaryolik faol ayol-qizlar uchun ham “Muqaddas ayol” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Mangʻit shahridagi “Xon” restoranida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy  tadbirda tumanimizdagi turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollar, oʻz hayotiy tajribasi asosida yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qoʻshayotgan nuroniy onaxonlar, umidli, iqtidorli qizlar ishtirok  etdilar.

Yigʻilganlarni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizgʻin tabrikladi. “Haqiqatan ham, goʻzallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo va nazokat ramzi boʻlgan, oʻzining mehribonligi, qalb saxovati bilan har qaysi oilani oila qiladigan, unga fayz-u tarovat beradigan, farzandlarimiz yuragiga oʻz ona yurtiga sevgi va sadoqat tuygʻusini singdiradigan ayollarimizning betakror fazilatlari haqida har qancha gapirsak, ularni har qancha eʼzozlasak, arziydi” dedi tumanimiz hokimi tabrik nutqida.

Darhaqiqat, mamlakatimizda ayollarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeiga yuqori baho berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari hamda sogʻlom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaqindagina “Xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi” tashkil etilishi, magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari byudjetdan, ehtiyojmand oilalar qizlarining kontrakt pullari esa mahalliy byudjetlardan toʻliq qoplab berilishi, xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan toʻlab berish tizimi yaratilganligi va boshqa koʻplab misollar fikrimizning isbotidir.

Tumanimiz hokimi mehnatda oʻrnak koʻrsatayotgan, shuningdek, turli sohalarda ishlab, ayni kunda keksalik nafaqasiga chiqqan 120 nafar faxriylarni va fidoyi ayol-qizlarni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.

Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Goʻzal Sobirova, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi Rohatoy Reyimovalar tabrigidan soʻng, navbat tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli muassasalar sanʼatkorlariga berildi.

Tuman hokimligi va Madaniyat boʻlimi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda faol ayol-qizlar toʻkin dasturxon atrofida diltortar qoʻshiqlar tinglab, raqslar tomosha qilib, hordiq chiqardilar. Ayol muqaddasligini, fidoyiligi, matonati va mehri ummonligini madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ularga juda manzur boʻldi.

“Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli xonandalari ijrosidagi “Bahor valsi” qoʻshigʻi  ularning koʻngillariga uygʻonish, jonlanish fasli quvonchini, tarovatini hadya etdi. Bayramga tashrif buyurgan ayol-qizlar ushbu bayramona musiqiy dasturni tomosha qilib,  har bir inson koʻnglida ulugʻ zot – Onalarga yuksak hurmat, ehtirom joy olganligini his qildilar.

“Muqaddas ayol” deb nomlangan musiqiy dastur tomoshasi va oʻzlariga koʻrsatilayotgan hurmat barcha ishtirokchilarga olam-olam quvonch va faxr hadya etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026