Onajonlarim!
(Barça munis va mehribon onajonlarga bağişlayman.)
Quyoşim, deyinmi, osmonda oyim,
Mehr-u muhabbati ummon, daryoyim.
Ismingiz Guljamol, Oygul, Guloyim,
Bormikan dunyoda sizdek muloyim –
Mulki davlatlarim – onajonlarim.
Onamga öxşaydi yurişlaringiz,
“Jonim bolam”, deya suyişlaringiz.
Qiynalsam, onamday kuyişlaringiz,
Böylarimga boqib turişlaringiz –
Şunçalar yoqimli onajonlarim.
Bahorga mengzasam, bahor mahliyo,
Yuzingizga boqsam, jahoniy ziyo.
Iymondan yöğrilgan Alloh zikri, yo
Tilingizda bilmam, bormi margiyo,
Poyi jannatlarim – onajonlarim.
Uyim, joyim, deya yaxşi yeb-içmay,
Yupun yelkasiga yangisin yopmay,
Oftobda öngigan römolin yeçmay,
Yoruğ niyatlardan bir lahza keçmay,
Yaşagan mardlarim – onajonlarim.
Bedorlik daştida tunlar adaşar,
Kunduzlar adaşar, tonglar adaşar.
Faqat ikki yurak jon-u tan yaşar,
Adaşmay gödagi bilan tillaşar –
Dunyoni ulğaytgan onajonlarim.
Ona yer, quyoşli osmonlar aytsin,
Sabrli, bardoşli bölğonlar aytsin.
Jöyaklarda közi yorganlar aytsin,
Olti million, degan farmonlar aytsin –
Egilib, sinmagan onajonlarim.
Ayting, ne desangiz barini qilay,
Sizga kelgan ğamni özimga olay.
Aşʼor bitayinmi, özim örgilay,
Qadr-u qimmatingiz boşimga qöyay,
Qadri balandlarim – onajonlarim.
Qarang, çiroy oçib borar maʼvolar,
Tinçlik, totuvlikdan sölim havolar.
Boqsam, tört tarafda jöşqin navolar,
Duoga qöl oçib turar momolar –
Duolari darmon onajonlarim.
Manglayida quyoş misli tojisar,
Har biri muhtaram, aziz, möʼtabar.
Qizlari mohiröy, öğloni sarvar,
Barça millat birday bağriga siğar –
Mehri ummonlarim – onajonlarim!
Robiya şod aytar, özim aylanay,
Poyingizga mehr bölib tökilay.
Bir ona bölayin! Bir ona bölay!
Sizdayin ilohiy qudratga tölay,
Duogöy, farişta – onajonlarim!
Quyoşim, deyinmi, osmonda oyim...
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶