28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:53
Qishloq xoʻjaligi 👁 375

Gʻallachilik sohasiga suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda

Gʻallachilik sohasiga suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda

Dehqonlar yil davomida mehnat qilib, taqir yerdan moʻl hosil undirib, el-dasturxonini boyitishga qodir insonlardir.

Amudaryo tumanida ham bugʻdoy, paxta va boshqa ekinlaridan yuqori hosil olib, xalqimiz farovonligiga hissa qoʻshayotgan mirishkor-dehqonlar va ularning izdoshlari juda koʻplab topiladi. Tumanimizdagi Bobur nomli ovul hududida boʻlganimizda dehqonchilik turlarining barcha yoʻnalishlarida olib borilayotgan ijobiy ishlarning guvohi boʻldik. Hududda 22 fermer xoʻjaligi boʻlib ular koʻp tarmoqli faoliyat yuritadi. Ularga “Zarbdor” muqobil mashina-traktor parki xizmat koʻrsatadi. Fermer xoʻjaliklari pilla, bugʻdoy, paxta hosilidan tashqari koʻplab donli ekinlarni, sabzavot turlarini ekib, oʻstirib, tarbiyalab moʻl hosil yetishtirib kelmoqdalar.

Hududdagi “Abdulla” fermer xoʻjaligi ham shular jumlasidan. Mazkur xoʻjalik ham koʻp tarmoqli xoʻjaliklaridan hisoblanadi. Fermer xoʻjaligiga Poʻlat Abdullayev rahbarlik qilib kelmoqda. Dehqonchilik sirlarini elga mashhur bobolaridan meros qilib olgan Poʻlat oʻz vazifasiga astoydil mehr qoʻyib, xoʻjalikning yildan yilga rivojlanib borishiga erishdi. Aniq reja, maqsadli qoʻyilgan qadamlar oʻzining samarasini berib, xoʻjalikning moddiy texnika bazasi ham mustahkamlanib bordi. Hozirgi kunda xoʻjalikda 4 ta zamonaviy surim traktori, qudratli don kombayni, barcha zarur qishloq xoʻjaligi uskunalari mavjud.

Xoʻjalik aʼzolari oʻtgan yili dastlabki hosil 17 quti ipak qurti boqib-oʻstirib 53 kilogramm pilla hosili yetishtirdilar. Dastlabki hosil olish boʻyicha davlat rejasining muvaffaqiyatli ado etilishi xoʻjalik aʼzolarini yangi marralar sari yetakladi. Xoʻjalikda davlatga bugʻdoy, paxta hosili yetishtirib berish rejalari ham ortigʻi bilan bajarildi. Fermer xoʻjaligi yil oxiriga kelib 1 milliard soʻmga yaqin daromad olishga erishdi. Bu mablagʻ qishloq xoʻjaligi uchun sarf qilingan xarajatlarni qoplash bilan birga kelasi yil uchun mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, ehtiyoj qismlar zahirasini yaratishga ham imkoniyat yaratdi.

Xoʻjalikda oʻtgan yili kuzda bu yilgi hosil uchun 36 gektar maydonga “Grom” navli urugʻlik bugʻdoy ekildi. Shu maydonning 10 gektarida yomgʻirlatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan. Bu yangicha usul suvni tejashga, shu bilan birga yerni sugʻorishga ketadigan xarajatni tejashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Suv taqchiligi kuzatilayotgan sharoitda bu usul oʻz samarasini berishi koʻzda tutilmoqda. Yuksak agrotexnika qoidalari asosida tarbiyalanayotgan bugʻdoy maysalari kelgusidagi moʻl hosildan darak berib turibdi. Xoʻjalik aʼzolari har bir gektar bugʻdoy maydonidan kamida 45-50 tsentnerdan hosil olish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar.

Shu bilan bir qatorda bahorgi ekish ishlari oldidan chigit ekiladigan maydonlarning ham shoʻri yuvilib, qondirib sugʻorilgan.

Xoʻjalik aʼzolari 51 gektar maydonga “Sulton” navli chigit ekib, gektaridan oʻrtaga 40 tsentnerdan paxta hosili undirishga bel bogʻlaganlar. Xoʻjalikda 29 nafar ijarachi barakali mehnat qilmoqda.

Fermer xoʻjaligi rahbariyati va ishchilarining oldiga qoʻygan maqsadlari ulugʻ. Shunday ekan, ulugʻ maqsadlarni koʻzlab olgʻa intilayotgan yurtdoshlarimizning kelgusi ishlarida omadlar tilaymiz.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026